Kim Pen Cher (ruscha: ismi Kim Andrey; 1916-yil 17-dekabr, Olginskiy tumani, Primorsk viloyati – 1976-yil 17-dekabr, Yuqori Chirchiq tumani, Oʻzbekiston SSR) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanining „Pravda“ kolxozi aʼzosi[1]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949).

Kim Pen Cher
Tavalludi 17-dekabr 1916-yil
Olginskiy tumani, Primorsk viloyati
Vafoti 17-dekabr 1976-yil(1976-12-17)
(60 yoshda)
Yuqori Chirchiq tumani, Oʻzbekiston SSR
Mukofotlari

Hayoti tahrir

Kim Pen Cher 1916-yil 17-dekabrda Primorsk viloyatining Olginskiy tumanidagi aholi punktlaridan birida oddiy dehqon oilasida tugʻilgan[2]. 1935-yilda yetti yillik maktabni tamomlagan. 1935-yildan Posyet koreys pedagogika bilim yurtida tahsil olgan. 1937-yilning birinchi yarmida u Oʻrta Osiyoga surgun qilishdan qochib, Yoqutistonda ishlagan. Aldan viloyatidagi Lebedinskiy va Samodumovskiy oltin konlarida koreys brigadasi tarkibida ishlagan (1937–1940).

Kim Pen Cher 1940-yilda Toshkent viloyatiga surgun qilingan qarindoshlari oldiga borib, u yerda Yuqori Chirchiq tumanidagi „Pravda“ kolxozida ishchi boʻlib ishlagan (1940–1941). Ulugʻ Vatan urushi yillarida mehnat frontiga chaqirilgan. Kim Pen Cher 1941–1946-yillarda Toshkentdagi 84-sonli aviatsiya zavodida ishlagan. Soʻngra 1946–1950-yillarda Yuqori Chirchiq tumanidagi „Pravda“ kolxozida chorvador, katta chorvador boʻlib ishlagan.

U 1949-yilda 21 bosh toychoq hamda 21 bosh sigir boqqan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1949-yil 21-iyuldagi farmoni bilan Lenin ordeni, „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Kim Pen Cher 1951-yildan 1976-yilgacha „Pravda“ kolxozi fermasida veterinar boʻlib ishlagan.

U 1976-yilda Toshkentda vafot etgan.

Mukofotlari tahrir

Manbalar tahrir