Kim Sung-joo (1972-yil 10-oktyabrda tugʻilgan) – Janubiy Koreya teleboshlovchisi va sobiq suxandoni. Sobiq sport telelboshlovchisi. Ayniqsa, Dad! Where Are We Going? realiti shousi orqali tanilgan[1].

Bolaligi tahrir

Shimoliy Chungcheong provinsiyasida tugʻilib, oʻsgan. U Cheongju shahridagi oʻrta maktabda oʻqigan. Keyinchalik, Seulga koʻchib oʻtib, va u yerda Chung-Ang universitetini tamomlagan.

Faoliyati tahrir

Kim Sung-joo oʻzining radiodagi faoliyatini 1995-yilda KTV davlat telekanalida jamoatchilik eʼlonlari oʻquvchisi sifatida boshlagan. U Korea TV Sports (hozirgi SBS Sports) telekanalida keyin Munhwa Broadcasting Corporation (MBC)da ishlagan. Ayniqsa, 2002-yil va 2006-yilda boʻlib oʻtgan FIFA Jahon kubogi bahslarini yoritgan. 2007-yilda MBCdan ketib, frilanserlik sohasida faoliyatini olib bordi. Kim frilanser sifatida Mnetʼs Superstar K va MBC’s King of Mask Singer qoʻshiq tanlovlaridan tortib, Please Take Care of My Refrigerator shousigacha boʻlgan turli mashhur estrada shoularini oʻtkazgan. Shuningdek, 2014-yilgi Qishki Olimpiada va 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida mehmon sifatida sport translyatsiyasi sahnasiga qaytdi. 2012-yilda jurnalistlar uyushmasining davom etayotgan ish tashlashlar sababli Londondagi Olimpiadani yoritish uchun MBCga qaytgan. 2021-yilning 15-noyabrida Kim Kim Young-man, An Jung-hvan va Jung Hyung-dolar bilan birgalikda Matched Project (MCP) agentligiga asos soldi

Shaxsiy hayoti tahrir

Kim universitetdagi sevgilisi bilan toʻqqiz yillik tanishuvdan soʻng, 2002-yilda unga uylandi[2]. Ularning uch nafar farzandlari bor. Oʻgʻillari Min-guk va Min-yul va qizi Min-ju.

Manbalar tahrir

  1. Pool Leep, Kim (June 9, 2016). '나가수' 후속은 '아빠 어디가'..김성주 MC“. Star News.
  2. Jung, Ji Yoen. „9년 열애 끝에 결혼한 MBC 아나운서 김성주·진수정 부부의 신혼 이야기“ (ko). Women's Dong-A (2002-yil 11-dekabr).