Korneliy Aleksandrovich Bazderov (1924-yil 22-fevral, Penza - 2009- yil 17-mart, Murmansk) — sovet va rus teatr aktyori, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, RSFSR xalq artisti (25.04.1980).

Korneliy Aleksandrovich Bazderov
Tavalludi
Корнелий Александрович Баздеров

22-fevral 1924-yil
Vafoti 17-mart 2009-yil(2009-03-17)
(85 yoshda)
Murmansk Rossiya
Kasbi teatr aktyori
Faoliyat yillari 1930—2009
Mukofotlari Faxriy Ordeni (Rossiya) Mehnat Qizil Bayrogʻi Ordeni „Jasorat uchun“ medali (SSSR) RSFSR xalq artisti

Tarjimai hol tahrir

Korneliy Bazderov 1924-yil 22-fevralda Penza shahrida aktyorlar oilasida dunyoga keladi. Bolalik chogʻidanoq u teatrdagi faoliyatini Taganrog drama teatridan boshlaydi. Keyinchalik oilasi Astraxanga koʻchib oʻtganligi sababli Korneliy 1942-yilda Astraxan drama teatri qoshidagi teatr studiyasini tamomlaydi.

Aynan shu yili u harbiy xizmatga chaqiriladi. Astraxan mudofaasida ishtirok etadi, u qattiq jarohat oladi. Qalmoqda u qamalga tushadi, kuyish va muzlash jarohatini oladi. Uzoq davolanishdan soʻng, u 1943-yil noyabrdan gvardiya minomyotchisi sifatida oʻqitiladi (zabardast Katyusha BM-31-12 bilan)  jang olib boradi. Korneliy Ukraina, Ruminiya, Polsha, Germaniya, Chexoslovakiyani qamaldan ozod qiladi. U Berlinda gvardiya serjanti boʻlib urushni yakunlaydi.

1947-yildan Fargʻona rus drama teatri va Ijevsk rus drama teatrlarida rol oʻynay boshlaydi.

1949—2009-yillarda Murmansk viloyat drama teatrining artisti sifatida 200 dan ziyod rollarni ijro etadi.

2009-yil 17-martda 86 yoshida Murmanskda vafot etdi[1].

U Murmans qabristoniga dafn qilinadi.

Oilasi tahrir

  • Rafiqasi — Valentina Solomonovna Varshavskaya (1920—2008) teatr arbobi, RSFSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1970)[2].

Mukofot va unvonlari tahrir

Teatr faoliyati tahrir

  • 1985-yil — A.Suxovo-Kobilinning „Krechinskiy toʻyi“ —  Krechinskiy
  • Konstantin Simonovning „Shunday boʻladi“ — Savelev
  • „Aristokratlar“ — Kostya-Kapitan
  • „Sarson-sargardonlik yillari“ — Vedernikov
  • A. Volodinning „Besh oqshom“ — Ilin
  • A. Chexovning “Chayka” – Trigorin
  • „Kolya“ — Gerasimov
  • Chingiz Aytmatovning romani asosida “Chingizxon oq buluti” – begona.
  • Jan Jirodu pesasi asosida „Troyan urushi boʻlmaydi“

Xotirlash tahrir

  • 2011-yilda Murmansk viloyat drama teatri binosi fasadiga Korneliy Aleksandrovich Bazderov xotirasiga yodgorlik taxtachasi oʻrnatiladi[4].

Manbalar tahrir

  1. „Скончался Корнелий Александрович Баздеров“. // Телекомпания ТВ-21. 20-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2017-yil.
  2. „Варшавская Валентина Соломоновна“. // Кольский Север. Энциклопедический лексикон. 17-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2017-yil.
  3. „Указ Президента Российской Федерации от 25 сентября 2000 года № 1694 «О награждении государственными наградами Российской Федерации»“. // Официальный сайт Президента России. 20-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-mart 2017-yil.
  4. „Памяти артиста. Человек-эпоха — Корнелий Баздеров“. // Мурманю Государственная Телерадиокомпания. 20-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2017-yil.

Adabiyotlar tahrir

  • Murmanskning Oltin kitobi. - Murmansk, 2006 yil.
  • Nikitin V. Teatrga bagʻishlangan hayot // Rybny Murman. 1985 yil. 24-may.
  • Korneliy Aleksandrovich Bazderov // Murmansk byulleteni, 2008. 20-mart (nekroloq).

Havolalar tahrir