Kurtis MacDermid (talaffuzi: Kurtis MakDermid; 1994-yil 25-martda tugʻilgan) — Kanadalik professional xokkey himoyachisi. Hozirda u Milliy Xokkey Ligasining (NHL) Colorado Avalanche jamoasida oʻynaydi. MacDermid 2022-yilda Avalanche jamoasi bilan Stanley kubogini qoʻlga kiritgan.

Kurtis MacDermid
MacDermid Los-Anjeles Kings bilan 2013-yilda
Tugʻilgan joyi 25-mart 1994-yil (1994-03-25) (30 yosh)
Quebec City, Quebec, Canada
Boʻyi 6 ft 5 in (196 cm)
Ogʻirligi 239 lb (108 kg; 17 st 1 lb)
Pozitsiyasi Himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap qanot
NHL
Sobiq jamoalar
Colorado Avalanche
Los Angeles Kings
NHLga kirish drafti Tanlanmagan
Jamoalardagi faoliyat 2015—hozirgacha

Jamoalardagi faoliyati tahrir

MacDermid dastlab Katta Ontario Junior Xokkey Ligasida Owen Sound Greys jamoasi bilan oʻynagan. U 2010-yilgi OHL draftida Owen Sound Attack tomonidan 139-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan. Keyinchalik esa u 2011—2012-yilgi mavsumda Attack jamoasi bilan Ontario Xokkey Ligasida debyut qilgan[1].

U 2014—2015-yilgi mavsumni Erie Otters jamoasi bilan yakunlagan va 2015—2016-yilgi mavsumni boshlash uchun AHLdagi Ontario Reign jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

2020-yil 3-yanvarda MacDermid noqonuniy tekshiruv uchun 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi.

2021-yil 21-iyulda MacDermid Seattle Kraken jamoasi tomonidan 2021-yilgi NHL draftida jamoa tarkibiga tanlangan[2]. 2021-yil 27-iyulda Kraken jamoasi uni toʻrtinchi raund tanlovi evaziga Colorado Avalanche jamoasiga transfer qilgan[3]. MacDermid 2022-yil 5-aprelda Avalanche jamoasi bilan ikki yillik shartnoma muddatini uzaytirgan[4].

Shaxsiy hayoti tahrir

MacDermid NHLning sobiq oʻyinchisi Paul MacDermidning oʻgʻlidir. U Quebec shahrida tugʻilgan, ammo Ontarioning Sauble Beach shahrida oʻsgan[5]. Uning akasi Lane ham NHLda Boston Bruins, Boston Bruins va Calgary Flames jamoalarida oʻynagan[6].

Jamoalardagi faoliyat statistikasi tahrir

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2010—2011 Owen Sound Greys GOJHL 51 6 16 22 124
2011—2012 Owen Sound Greys GOJHL 20 3 6 9 80
2011—2012 Owen Sound Attack OHL 9 0 2 2 7
2012—2013 Owen Sound Attack OHL 65 1 7 8 110 12 0 3 3 11
2013—2014 Owen Sound Attack OHL 38 5 11 16 90
2013—2014 Erie Otters OHL 28 2 1 3 75 12 0 3 3 29
2014—2015 Erie Otters OHL 61 8 32 40 129 12 0 5 5 23
2015—2016 Ontario Reign AHL 56 4 12 16 121 13 2 1 3 12
2016—2017 Ontario Reign AHL 58 6 14 20 135 5 0 0 0 4
2017—2018 Los Angeles Kings NHL 34 1 3 4 57
2017—2018 Ontario Reign AHL 32 1 5 6 78 4 0 0 0 0
2018—2019 Ontario Reign AHL 48 5 10 15 147
2018—2019 Los Angeles Kings NHL 11 0 1 1 11
2019—2020 Los Angeles Kings NHL 45 3 5 8 47
2020—2021 Los Angeles Kings NHL 28 2 2 4 36
2021—2022 Colorado Avalanche NHL 58 2 3 5 89
NHLdagi umumiy ochkolari 176 8 14 22 240

Mukofot va unvonlari tahrir

Mukofot Yil
NHL
Stanley kubogi chempioni 2022 [7]

Manbalar tahrir

  1. „Kings sign defenseman Kurtis MacDermid“. Los Angeles Kings (13-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2012-yil.
  2. „Seattle Kraken make their picks“. Seattle Kraken (22-iyul 2021-yil). Qaraldi: 22-iyul 2021-yil.
  3. „Kraken trade MacDermid to Avalanche“. The Sports Network (27-iyul 2021-yil). Qaraldi: 27-iyul 2021-yil.
  4. Wegman. „Avalanche sign MacDermid to 2-year extension“ (inglizcha). theScore.com. Qaraldi: 5-aprel 2022-yil.
  5. „Bruins hoping kids turn out all right“. Boston Globe (28-iyun 2009-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2010-yil. [sayt ishlamaydi]
  6. „Lane MacDermid player profile“. Eliteprospects.com (6-may 2016-yil). Qaraldi: 6-may 2016-yil.
  7. „Colorado Avalanche win first Stanley Cup since 2001 with Game 6 comeback“. ESPN (26-iyun 2022-yil). Qaraldi: 26-iyun 2022-yil.