Kyoko Ina (yaponcha: 伊奈 恭子; 1972-yil 11-oktyabrda tugʻilgan) — Yaponiya va Amerika vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan figurali uchuvchi. Sherigi John Zimmerman bilan birga 2002-yilgi Jahon chempionatining bronza medali sovrindori va uch karra (2000 — 2002) AQShning milliy chempioni boʻlgan. Bu juftlik 2002-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida ham ishtirok etgan. Avvalgi sherigi Jason Dungjen bilan Ina ikki karra (1997 va 1998) AQSh chempioni bo‘lgan va 1994 va 1998-yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan.

Kyoko Ina

Ina va Zimmerman 2001-yilda.
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat AQSH bayrogʻi AQSh
Tavalludi 11-oktyabr 1972-yil (1972-10-11) (51 yosh)
Tokio, Japan
Boʻyi 1.52 m (5 ft 0 in)
Sherigi John Zimmerman
Oldingi sheriklari Jason Dungjen
Oldingi murabbiylari Tamara Moskvina, Igor Moskvin, Peter Burrows
Jamoasi SC of New York
Yakunlagan 2002

Faoliyati tahrir

Ina uch yoki toʻrt yoshida „Rockefeller“ markazida konkida uchishni boshlagan. U Yaponiya vakili sifatida oʻsmirlar safida yakka holda va juftlikda konkida uchgan, ammo keyinchalik faqat Amerika Qoʻshma Shtatlari vakili sifatida musobaqalarda bellashishga qaror qilgan.

Ina 1998-yilda John Zimmerman bilan juftlik hosil qilgan. Dastlab ularga Piter Berrouz va Mary Lin Gelderman Nyu-Yorkning Monsi shahrida murabbiylik qilishgan va juftlik Tamara Moskvinaning murabbiyligida mashgʻulot oʻtash uchun Konnektikut shtatidagi Stamfordga koʻchib oʻtishgan. Keyinchalik ular Nyu-Jersi shtatining Xakensak shahrida Moskvina va Igor Moskvin qoʻl ostida mashq qilishgan[1].

Juftlik uch marta AQSh chempionatida gʻolib chiqqan va 2002-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashishgan. Ular 2002-yilgi Jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdilar[2].

Ina va Zimmerman koʻp yillar davomida „Stars on Ice“ shoularida konkida uchishgan. 2010-yilda Ina Kanadada oʻtkazilgan Batle of the Blades realiti-tanlovining ikkinchi mavsumida qatnashgan va sobiq hokkey oʻyinchisi Kelly Chase bilan juftlik hosil qilgan[3].

Hozirda Ina Nyu-Yorkda murabbiylik qilmoqda.

Ina 2018-yilda AQSh figurali uchuvchilari shon-shuhrat zaliga kiritilgan[4].

Dasturlari tahrir

Zimmerman bilan tahrir

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2001 — 02

2000 — 01

  • Truman Show
  • Rhapsody on a Theme of Paganini

    Sergei Rachmaninov

Natijalari tahrir

GP: Gran-pri

Zimmerman bilan tahrir

Xalqaro
Musobaqa 1998 — 99 99 — 2000 2000 — 01 2001 — 02
Olimpiada 5
Jahon chempionati 9 7 7 3
Toʻrt qitʼa 2 3
GP Final 5 4
Rossiya GP kubogi 3 4
GP Lalique 2 4 3 2
GP Skate America 5 5 4 2
GP Skate Canada 2
GP Sparkassen 2
Milliy
AQSh chempionati 2 1 1 1

Manbalar tahrir

  1. Halonen, Lena; Jangbro, Eva Maria. „Kyoko Ina: "I don't think anyone ever really commits to coaching, it just sort of happens."“. Absolute Skating (2011-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 7-dekabr.
  2. „Sanction Modified in Kyoko Ina USADA Case“. U.S. Figure Skating. 2004-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „ISU Comment On U.S. Anti-Doping Agency Case“. International Skating Union. 2003-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Weiss, Ina/Zimmerman make figure skating Hall of Fame AP News, 1 December 2017.