Li Bomyon (1989-yil 2-aprelda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi, hozirda K-liga 1- ning Suwon FC klubida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Lee Bomyon
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lee Bomyon
Tavallud sanasi 2-aprel 1989-yil (1989-04-02) (35 yosh)
Tavallud joyi Seoul, Janubiy Koreya
Boʻyi 1.97 m (6 ft 5 12 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Suwon FC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008-2015 Busan IPark 134 (0)
2016 Avispa Fukuoka 25 (0)
2017-2018 Gangwon FC 66 (0)
2019-2021 Jeonbuk Hyundai Motors 1 (0)
2022- Suwon FC
Milliy terma jamoa
2009 Janubiy Koreya U20 3 (0)
2010-2012 Janubiy Koreya U23 13 (0)
2014- South Korea 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 26-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2011-yil 14-yanvar uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Li 2008-yilda Pusan IPark bilan professional shartnoma imzolagan va oʻzining dastlabki faoliyati davomida Pusan uchun ikkinchi darvozabon sifatida oʻynagan. U 2013-yilda Pusanning asosiy darvozaboniga aylangan, biroq 2015-yilda Pusan K-liga 2 -ga tushib ketganidan so‘ng, J1-liga klubi Avispa Fukuoka bilan shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati tahrir

Li Janubiy Koreyaning 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga zaxira darvozaboni sifatida tanlangan va asosiy darvozabon Jung Sung-ryong Buyuk Britaniyaga qarshi chorak final oʻyinida jarohat olganidan keyin maydonga tushgan[1]. U chorak final o‘yinida Daniel Starrijning penaltilar seriyasida tepgan zarbasini qaytargan va Janubiy Koreyaning yarim finalga chiqishiga yordam bergan[1]. U penaltilar seriyasida oʻzini koʻrsatganidan soʻng Braziliyaga qarshi navbatdagi oʻyinda birinchi marta asosiy tarkibda maydonga tushgan[1]. Biroq u Braziliya terma jamoasiga qarshi oʻyida 3 ta gol o‘tkazib yuborgan. Koreyaliklar yarim final bahsida mag‘lub bo‘lishgan[1]. U Braziliyaga qarshi o‘yinda yomon o‘yin ko‘rsatgani uchun bronza medali uchun bahsda maydonga tushirilmagan[1].

Li Janubiy Koreya terma jamoasining 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun terma jamoasiga kiritilgan, biroq maydonga tushmagan. U 2014-yil 8-sentyabrda Urugvay terma jamoasiga qarshi oʻyinda Janubiy Koreya terma jamoasidagi debyutini o‘tkazgan.

Shaxsiy hayoti tahrir

Lining ukasi Li Bum Su ham futbolchi boʻlib, akasi singari darvozabon ampulasida oʻynaydi.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga National cup Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Busan IPark 2008 K Liga 10 0 1 0 6 0 17 0
2009 K Liga 3 0 1 0 3 0 7 0
2010 K Liga 6 0 2 0 0 0 8 0
2011 K Liga 14 0 2 0 4 0 20 0
2012 K Liga 12 0 1 0 13 0
2013 K Liga 1 31 0 3 0 34 0
2014 K Liga 1 31 0 3 0 34 0
2015 K Liga 1 27 0 1 0 2 0 30 0
Jami 134 0 14 0 13 0 2 0 163 0
Avispa Fukuoka 2016 J1 Liga 25 0 1 0 4 0 30 0
Gangwon FC 2017 K Liga 1 36 0 2 0 38 0
2018 K Liga 1 30 0 0 0 30 0
Jami 66 0 2 0 68 0
Jeonbuk Hyundai Motors 2020 K Liga 1 0 0 0 0 1 0 1 0
Karyerada jami 225 0 17 0 17 0 1 0 2 0 262 0

Yutuqlar tahrir

Busan IPark

  • Koreya FA kubogi sohibi: 2010[2]
  • Koreya Ligasi kubogi sohibi: 2009, 2011[2]

Janubiy Koreya U23

Janubiy Koreya

  • EAFF chempionati : 2015-yil

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „http://www.inews24.com/view/680912“ (ko). JoyNews24 (2012-yil 12-avgust). Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 Lee. „South Korea - List of Cup Winners“. RSSSF (2020-yil 8-aprel). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  3. Duerden. „Olympic Success Carries a Bonus for Koreans: Military Exemption“. The New York Times (2016-yil 25-iyul). Qaraldi: 2020-yil 5-sentyabr.
  4. Stokkermans. „Asian Games“. RSSSF (2018-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 4-sentyabr.