Leonid Nikolayevich Kondratyev (1915-yil 25-oktyabr, Yoshkar-Ola, Qozon viloyati, Rossiya imperiyasi – 1999-yil 7-aprel, Yoshkar-Ola, Mariy El, Rossiya) – sovet harbiy rahbari. Sovet-fin urushi qatnashchisi (1939-1940). Ulugʻ Vatan urushi yillarida Markaziy frontdagi 106-minomyot polkining aloqa boshligʻi (1942-1943), 4-gvardiya tankga qarshi qiruvchi brigadasi aloqa boshligʻi va gvardiya mayori (1943-1945). Podpolkovnik (1954). 1942-yildan VKP(b) aʼzosi.

Leonid Kondratyev
Asl ismi Leonid Nikolayevich Kondratyev
Tavalludi 1915-yil 25-oktyabr
Kursk viloyati, Rodjestvo qishlogʻi
Vafoti 1999-yil 7-aprel
Yoshkar-Ola, Mariy El, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 1937–1954-yillar
Unvoni Podpolkovnik
Mukofotlari

Hayoti tahrir

Leonid Kondratyev 1915-yil 25-oktyabrda Qozon viloyati (hozirgi Yoshkar-Ola) Tsarevokokshaysk shahrida rus dehqon oilasida tugʻilgan[1].

1935-yilda Yoshkar-Oladagi sanoat texnikumini tamomlagan[1].

1937-yilda Odessadan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1939-yilda Voronej aloqa maktabini tamomlab, Sovet-fin urushi qatnashchisi (1939-1940) boʻlgan[1].

Toshkent harbiy bilim yurti kursanti sifatida 1942-yil yanvar oyida koʻngilli ravishda frontga joʻnagan. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi boʻlib, Markaziy frontdagi 106-minomyot polkining aloqa boshligʻi, 1943—1945-yillarda 4-gvardiya tankga qarshi qiruvchi brigadaning aloqa boshligʻi, gvardiya mayori lavozimlarida xizmat qilgan. 1942-yilda KPSS (b) safiga qoʻshilgan. II va I darajali Vatan urushi ordeni, Aleksandr Nevskiy, Qizil Yulduz (ikki marta) va medallar bilan taqdirlangan[2][3][4].

Urush oxirida Odessa va Leningrad tumanlarida (GSVG) aloqa xodimi boʻlgan. 1950-yilda Oliy ofitser artilleriya maktabini tamomlab, podpolkovnik lavozimiga tayinlangan. Qizil Yulduz ordeni va „Jangovar xizmatlari uchun“ medali bilan mukofotlangan[1].

Leonid Kondratyev 1999-yil 7-aprelda Yoshkar-Ola shahrida vafot etib, shu yerning oʻziga dafn qilinadi[1].

Mukofotlari tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Мочаев 2007.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Кондратьев Леонид Николаевич :: Память народа“. pamyat-naroda.ru. Qaraldi: 2023-yil 19-may.
  3. „Выпускники и п/состав ТВОКУ. Фамилии на "К"“. forum.patriotcenter.ru. 2023-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-may.
  4. 4,0 4,1 „Кондратьев Леонид Николаевич :: Память народа“. pamyat-naroda.ru. Qaraldi: 2023-yil 19-may.

Adabiyotlar tahrir

  • Oparina T. T. Kondratev Leonid Nikolaevich // Mariyskaya biograficheskaya ensiklopediya / Avt.-sost. V. A. Mochaev. – Yoshkar-Ola: Mariyskiy biograficheskiy sentr, 2007. – S. 180. – 2032 ekz. – ISBN 5-87898-357-0.
  • Oparina T. T. Kondratev Leonid Nikolaevich // Mariyskaya biograficheskaya ensiklopediya / Avt.-sost. V. A. Mochaev. – 2-e izd. – Yoshkar-Ola: Mariyskiy biograficheskiy sentr, 2017. – S. 213. – 606 b. – 1500 ekz. – ISBN 978-5-905314-35-3.