Leonid Petrovich Trebuxin (1925–?) – aviatsiya sanoatida ishlab chiqarish boʻyicha sovet yetakchisi, Oʻzbekiston SSR xalq xoʻjaligi V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodi elektromontyorlar ustasi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1960).

Leonid Trebuxin
Tavalludi 1925-yil
Vafoti nomaʻlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR

Biografiyasi tahrir

Leonid Petrovich 1925-yilda Oʻzbekiston SSR, Toshkent shahrida rus oilasida tavallud topgan.

Trebuxin 1942-yildan boshlab, Ulugʻ Vatan urushi yillarida oʻz mehnat faoliyatini V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodida (SSSR Aviatsiya sanoati xalq komissarligining 84-sonli zavodi) elektromontyori sifatida boshlagan. Bu zavod Li-2 front ehtiyojlari uchun harbiy texnika va harbiy samolyotlar ishlab chiqarish bilan shugʻullangan[1].

Urushdan soʻng, Leonid 1945-yilda V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodiga (1946-yildan – SSSR Aviatsiya sanoati vazirligi va 1963-yildan – Oʻzbekiston SSR Xalq xoʻjaligi Soveti) elektromontyorlar brigadiri lavozimiga tayinlangan. Zavod 1954-yildan Il-14, 1957-yildan An-8, 1960-yildan Ka-22 rotorli, 1966-yildan An-22 va 1973-yildan Il-76 samolyotlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullangan[2].

Leonid Petrovich Trebuxin 1960-yil 28-mayda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining Farmoni bilan „Yuqori ishlab chiqarish muvaffaqiyatlari, kommunistik mehnat brigadalari va zarbachilari unvoni uchun musobaqani tashkil etishda koʻrsatgan tashabbusi uchun“ unvoniga sazovor boʻlgan. U Sotsialistik Mehnat Qahramoni, Lenin ordeni va Oʻroq va Bolgʻa oltin medali bilan taqdirlangan.

Trebuxin 1963-yil 26-aprelda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining Farmoni bilan „mehnatdagi yutuqlari uchun“ „Shavkatli mehnat uchun“ medali bilan taqdirlandi.

Leonid Trebuxin nafaqaga chiqqanidan keyin Oʻzbekistonning Toshkent shahrida istiqomat qilgan.

Mukofotlari tahrir

Leonid Petrovich 1960-yil Oʻroq va Bolgʻa oltin medali, Lenin ordeni va 1963-yil „Shavkatli mahnat uchun“ medaliga sazovor boʻlgan.

Manbalar tahrir

  1. „Требухин Леонид Петрович“ (ruscha). Герои страны. Qaraldi: 2023-yil 8-noyabr.
  2. 50 krilatix let : K 50-letiyu so vremeni osnovaniya, 1932—1982 / Tashk. aviats. proizv. ob-nie im. V. P. Chkalova; [Redkol.: V. N. Sives i dr.]. – Tashkent : Uzbekistan, 1982 g. – 159 s