Li Jon-su (1980-yil 8-yanvarda tugʻilgan) — janubiy koreyalik sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.

Li Jon-su
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 8-yanvar 1980-yil (1980-01-08) (44 yosh)
Tavallud joyi Gimhae, Gyeongnam, Janubiy Koreya
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002-2004 FC Seoul 29 (2)
2004-2005 Incheon United 20 (1)
2006-2008 Suwon Samsung Bluewings 46 (3)
2009 Kyoto Sanga 32 (5)
2010 Kashima Antlers 10 (3)
2010-2015 Al-Sadd 112 (10)
2016-2017 Suwon Samsung Bluewings 30 (3)
2018 Charlotte Independence 13 (0)
Milliy terma jamoa
1998 Janubiy Koreya U20 2 (0)
2001 Janubiy Koreya B
2008-2013 Janubiy Koreya 54 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2018-yil 15-oktyabr uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Janubiy Koreyadagi faoliyati tahrir

2002-yilda Kyung Hee universitetini tamomlagandan soʻng, Li professional faoliyatini K ligasi Anyang LG Cheetahs klubida boshlagan. U dastlab hujumchi boʻlgan, ammo Anyangning murabbiyi Cho Kwang Rae unga oʻz ampulasini himoyachiga almashtirishni maslahat bergan[1]. U Anyang LG Cheetahs/FC Seul, Incheon United va Suwon Samsung Bluewings klublarida himoyachi sifatida oʻynagan va 2008-yilda Suwon bilan liga chempionligini qoʻlga kiritgan.

Yaponiyadagi faoliyati tahrir

2009-yilda Li J1 ligasi vakili Kyoto Sanga FC jamoasiga qoʻshilgan. U 2009-yilgi mavsumda beshta gol urib, oʻzining toʻpurarlik qobiliyatini koʻrsatgan. Li J.League All-Star Soccer musobaqasida ham qatnashgan va oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Keyingi yili Li J1 ligasining yana bir klubi Kashima Antlersga qoʻshildi va u yerda yarim yil oʻynagan. Li 2010-yilgi Jahon chempionatidan soʻng Qatarning „Al-Sadd“ klubiga oʻtgan[2].

Al-Sadd tahrir

2011-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi yarimfinalining birinchi o‘yinida o‘zining sobiq jamoasi „Suwon“ga qarshi o‘yinda Li Mamadu Niangning bahsli ikkinchi golidan keyin „Al-Sadd“dagi jamoadoshlari bilan bahslashib qolgan edi. Fair-playga rioya qilish, shuning uchun toʻpni koreyaliklarga qaytarilishi kerak edi. Li golning „adolatsiz“ ekanligini aytgan va Al-Saddga golni qaytarishni taklif qilgan, ammo bu taklif rad etilgan. Vaziyat Lini maydonni tark etishga undagan va murabbiy Jorge Fossati qolgan vaqtga Ibrohim Majidni maydonga tushirgan[3].

„As-Sadd“ OChL finalida „ Jeonbuk Hyunday Motors“ ga qarshi o‘yinda penaltilar seriyasida g‘alaba qozongan. Li penalti tepish uchun tanlangan, ammo uning zarbasi darvoza toʻsiniga tegib muvaffaqiyatsiz chiqgan[4].

2012-yil iyun oyida Xitoyning „Guangzhou Evergrand“ klubi Li bilan shartnoma imzolashga qiziqishlarini tasdiqlagan[5]. Biroq Li Guancgzhouning taklifini rad etgan va Al-Sadd bilan shartnomani bir yilga uzaytirgan[6].

Isteʼfoga chiqish tahrir

2015-16-yilgi mavsumda Li qoʻli va boldiridan jarohat olgan. 2016-yilning yanvarida Al-Saddni tark etgach, u keyingi oyda yana Suwonga qoʻshilgan va keyingi yili faoliyatini yakunlashini eʼlon qilgan.

2018-yil fevral oyida Li kutilmaganda Birlashgan Futbol Ligasining Charlotta Independencega qoʻshilgan[7] U bir muddat „Charlotta“da o‘ynaganidan so‘ng murabbiylik faoliyatini boshlagan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
FC Seoul 2002 K Liga 9 1 0 0 2 0 ? ? 11 1
2003 K Liga 18 1 1 0 19 1
2004 K Liga 2 0 0 0 0 0 2 0
Jami 29 2 1 0 2 0 ? ? 32 2
Incheon United 2004 K Liga 11 0 1 0 9 0 21 0
2005 K Liga 9 1 0 0 8 0 17 1
Jami 20 1 1 0 17 0 38 1
Suwon Samsung Bluewings 2006 K Liga 23 2 2 0 13 0 38 2
2007 K Liga 6 0 0 0 4 0 10 0
2008 K Liga 17 1 1 0 7 0 25 1
Jami 46 3 3 0 24 0 73 3
Kyoto Sanga 2009 J1 Liga 32 5 ? ? 1 0 33 5
Kashima Antlers 2010 J1 Liga 10 3 ? ? 0 0 5 1 1 0 16 4
Al-Sadd 2010-11 Qatar Yulduzlar Ligasi 19 2 ? ? ? ? 5 2 24 4
2011-12 Qatar Yulduzlar Ligasi 15 1 ? ? ? ? 7 0 3 0 25 1
2012-13 Qatar Yulduzlar Ligasi 21 2 ? ? ? ? ? ? 21 2
2013-14 Qatar Yulduzlar Ligasi 22 2 ? ? 4 0 8 0 ? ? 34 2
2014-15 Qatar Yulduzlar Ligasi 24 2 ? ? ? ? 12 0 ? ? 36 2
2015-16 Qatar Yulduzlar Ligasi 11 1 ? ? ? ? 0 0 11 1
Jami 112 10 ? ? 4 0 32 2 3 0 151 12
Suwon Samsung Bluewings 2016 K Liga 1 27 3 4 0 0 0 31 3
2017 K Liga 1 3 0 ? ? 2 0 5 0
Jami 30 3 4 0 2 0 36 3
Charlotte Independence 2018 Birlashgan Futbol Ligasi 13 0 ? ? 13 0
Karyerada jami 292 27 9 0 48 0 39 3 4 0 392 30

Xalqaro tahrir

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Janubiy Koreya 2008-yil 5 0
2009-yil 11 1
2010-yil 17 3
2011-yil 14 1
2012-yil 6 0
2013-yil 1 0
Karyerada jami 54 5
Li Jung Su tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2009-yil 5-sentyabr Seul, Janubiy Koreya   Avstraliya 2-0 3-1 Oʻrtoqlik
2 2010-yil 18-yanvar Malaga, Ispaniya   Finlandiya 2-0 2-0 Oʻrtoqlik
3 2010-yil 12-iyun Port Elizabeth, Janubiy Afrika   Gretsiya 1-0 2-0 2010 FIFA Jahon chempionati
4 2010-yil 22-iyun Durban, Janubiy Afrika   Nigeriya 1-1 2-2 2010 FIFA Jahon chempionati
5 2011-yil 25-mart Seul, Janubiy Koreya   Honduras 1-0 4-0 Oʻrtoqlik

Yutuqlari tahrir

Suwon Samsung Bluewings

  • K ligasi 1 : 2008-yil
  • Koreya FA kubogi : 2016-yil
  • Koreya Liga kubogi : 2008-yil

Kashima Antlers

  • Yaponiya Superkubogi : 2010-yil

Al-Sadd

  • Qatar Yulduzlar Ligasi : 2012-13
  • Qatar amiri kubogi : 2014, 2015
  • Qatar yulduzlari kubogi : 2010-yil
  • Qatar kubogi sohibi: 2012, 2013
  • Shayx Jassim kubogi : 2014-yil
  • Osiyo Chempionlar Ligasi : 2011-yil

Janubiy Koreya U20

  • Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati : 1998[8]

Janubiy Koreya B

  • Sharqiy Osiyo oʻyinlari kumush medali: 2001[9]

Janubiy Koreya

Shahsiy yutuqlari

  • J.League All-Star Soccer eng qimmat futbolchisi: 2009

Manbalar tahrir

  1. „http://news.naver.com/main/read.nhn?mode=LSD&mid=sec&sid1=107&oid=001&aid=0003346073“ (Korean) (2010-yil 23-iyun).
  2. „South Korea International Lee Jung-Soo Set To Join Al Sadd – Report“. Goal.com (2010-yil 22-iyul). Qaraldi: 2012-yil 28-iyun.
  3. „Fossati empathises with Lee“. AFC (2011-yil 21-oktyabr).
  4. „Qatar's al-Sadd wins Asian Champions League on penalties“. Al Arabiya (2011-yil 6-noyabr).
  5. „Guangzhou Evergrande reaches agreement with South Korea international Lee Jung-Soo – report“. Goal.com (2012-yil 20-iyun). Qaraldi: 2012-yil 28-iyun.
  6. „Guangzhou Evergrande target Lee Jung-Soo pens new Al Sadd deal“. Goal.com (2012-yil 27-iyun). Qaraldi: 2012-yil 28-iyun.
  7. Thomas. „World Cup, K League Veteran Joins Independence“. Charlotte Independence (2018-yil 15-fevral). 2018-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
  8. Di Maggio. „Asian U-19/U-20 Championship“. RSSSF (2018-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 4-sentyabr.
  9. Morrison. „East Asian Games“. RSSSF (2019-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  10. „Asian Nations Cup 2011“. RSSSF (2014-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
  11. Stokkermans, Karel. „East Asian Championship“. RSSSF (2019-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.