Li Ley (talaffuzi: Li Ley) (1992-yil 30-mayda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, Shveysariya Superligasida „Grasshoppers“ jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Li Lei
李磊
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 30-may 1992-yil (1992-05-30) (31 yosh)
Tavallud joyi Qingdao, Shandong, Xitoy
Boʻyi 1.83 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Grasshoppers
Raqami 4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2009 Qingdao Hailifeng
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2012 Shanghai Shenxin 44 (3)
2013—2014 Henan Jianye 38 (3)
2015—2021 Beijing Guoan 115 (4)
2022 Grasshoppers 7 (0)
Milliy terma jamoa
2019 Xitoy 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-may 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (11-iyun 2021-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Li Ley oʻzining ilk futbolchilik faoliyatini oʻzining tugʻilgan shahri jamoasi „Qingdao Hailifeng“da oʻtkazgan. 2009-yilgi liga mavsumi oxirida unga yaqinda yuqori divizonga koʻtarilgan Nanchang Hengyuan qiziqish bildirgan.

U oʻzining professional futbol ligasidagi debyutini 2010-yil 17-aprelda „Xangzhou Grintaun“ga qarshi oʻyinda oʻn yetti yoshida oʻtkazgan, biroq u „Hangzhou“ futbolchisi Sun Jiga qoʻpollik qilganidan soʻng professional faoliyatidagi ilk oʻyining oʻninchi daqiqasida toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka olgan[1]. Ushbu muvaffaqiyatsizlikka qaramay, uning diskvalifikatsiyasi tugagandan soʻng, u darhol kattalar safiga qaytarilgan va 2010-yil 9-may kuni Shaanxi Zhongjianga qarshi keyingi oʻyinni asosiy tarkibda boshlagan. U 2010-yil 31-oktyabrda „Shanhai Shenxin“ safidagi ilk golini „Jiangsu Sainty“ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritgan[2].

Li 2013-yil 16-fevralda Henan Jianye klubiga oʻtgan[3].

2015-yilning 18-yanvarida Li Xitoy Superligasi vakili Beijing Guoanga oʻtgan[4]. U Beijing uchun birinchi golini 2017-yilning 21-aprelida „Tianjin Quanjian“ga qarshi oʻz uy stadionida kiritgan[5].

2021-yil 20-dekabrda Li Ley Shveysariyada Grasshoppers jamoasi bilan shartnoma imzolagan[6].

Xalqaro faoliyati tahrir

Li 2019-yilgi Xitoy kubogi doirasida Tailandga qarshi oʻyinda (1:0) Xitoy terma jamoasi safida debyut qilgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Shanghai Shenxin 2010 Xitoy Super Ligasi 20 2 - - - 20 2
2011 12 1 2 0 - - 14 1
2012 12 0 0 0 - - 12 0
Jami 44 3 2 0 0 0 0 0 46 3
Henan Jianye 2013 Xitoy Birinchi Ligasi 26 3 1 0 - - 27 3
2014 Xitoy Super Ligasi 12 0 0 0 - - 12 0
Jami 38 3 1 0 0 0 0 0 39 3
Beijing Guoan 2015 Xitoy Super Ligasi 10 0 2 0 3 0 - 15 0
2016 14 0 1 0 - - 15 0
2017 28 2 2 0 - - 30 2
2018 9 0 4 0 - - 13 0
2019 18 0 1 0 5 0 1 0 25 0
2020 17 1 0 0 7 0 0 0 24 1
2021 19 1 0 0 0 0 0 0 19 1
Jami 115 4 10 0 15 0 1 0 141 4
Grasshoppers 2021—2022 Shveysariya Super Ligasi 7 0 0 0 0 0 0 0 7 0
Jami 204 10 13 0 15 0 1 0 233 10

Xalqaro faoliyati tahrir

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2019 4 0
2020 0 0
2021 1 0
Jami 5 0

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Henan Jianye

  • Xitoy Birinchi ligasi : 2013[7]

Beijing Guoan

  • Xitoy FA kubogi : 2018[8]

Manbalar tahrir

  1. 跟贴区. „17岁李磊上演梅西式首秀 复制国米少年成名轨迹_网易体育“. Sports.163.com. 5-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2022-yil.
  2. „Jiangsu Sainty vs. Shanghai Shenxin - 31 October 2010 - Soccerway“. Uk.soccerway.com (31-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 27-may 2012-yil.
  3. „建业官方宣布签申鑫后卫 曾入选国青经考察后加盟“. sina.com.cn (16-fevral 2013-yil). Qaraldi: 17-fevral 2013-yil.
  4. 国安官方宣布签约建业小将 at sports.sohu.com 2015-01-18 Retrieved 2015-01-20
  5. 国安大将用中超首球救主 国脚潜力?他还需再进步 at sports.sina.com 2017-04-21 Retrieved 2017-04-22
  6. „GC VERPFLICHTET LI LEI“ (olmoncha). Grasshopper Club Zürich (20-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2021-yil.
  7. „中甲30轮积分榜:建业毅腾携手冲超 贵州重足降级“. sports.sina.com.cn (2-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 5-avgust 2019-yil.
  8. „足协杯-比埃拉建功张稀哲斩杀 国安客场2-2夺冠“. sports.sina.com.cn (30-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 13-avgust 2019-yil.