Li Xuepeng (talaffuzi: Li Syuepen) (1988-yil 18-sentyabrda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Guangzhou Evergrand“ jamoasida oʻynaydi.

Li Xuepeng
李学鹏
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Li Xuepeng
Tavallud sanasi 18-sentyabr 1988-yil (1988-09-18) (35 yosh)
Tavallud joyi Dalian, Liaoning, Xitoy
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi Himoyachi[1]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Guangzhou Evergrande
Raqami 35
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2007 Dalian Shide
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2012 Dalian Shide 98 (3)
2007—2008Citizen (Ijara) 1 (0)
2013—2014 Dalian Aerbin 34 (1)
2014 Guangzhou Evergrande 91 (0)
Milliy terma jamoa
2010 Xitoy 32 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-dekabr 2020-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (20-iyul 2019-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Li Xuepeng futbolchilik faoliyatini 2007-yilgi mavsumda Dalian Shidening asosiy jamoasiga koʻtarilganida boshlagan. U klubdagi debyutini 2007-yilning 9-avgustida Qingdao Jonunga qarshi oʻyinda (2:1) oʻtkazgan[2]. Li klub uchun birinchi golini 2007-yilning 4-noyabrida „Xanzhou Grintaun“ga qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan[3]. Bu 2007-yilgi mavsum oxirida Birinchi divizion ligasining „Citizen“ jamoasiga ijaraga berilishiga olib kelgan. 2007-yilning 2-dekabrida „Happy Valley“ga qarshi oʻyinda klub uchun debyut qilgan[4]. Li 2008-yilgi mavsum boshida Dalianga qaytgan[5]. 2009-yilgi mavsum boshida u oʻzining yarim himoyada yoki himoyada oʻynash qobiliyati tufayli jamoaning muhim aʼzosiga aylangan. Li 2012-yilgi mavsumda klubdagi asosiy oʻrnini yoʻqotgan va butun mavsum davomida atigi uchta oʻyinda maydonga tushgan. 2013-yil yanvar oyida Dalian Shide offseasonda tarqab ketganidan keyin Li Dalian Aerbinga oʻtgan.

2014-yil 10-iyunda Li jamoadoshi Yu Hanchao bilan birga Xitoy Superligasi vakili Guangzhou Evergrandga oʻtgan[6]. U klubdagi debyutini 2014-yil 27-iyulda Henan Jianyega qarshi 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda, 70-daqiqada Liu Jianning oʻrniga maydonga tushgan holda oʻtkazgan[7]. U 2016-yil 23-iyunidan soʻng bosh murabbiy Luiz Felipe Skolari matbuot anjumanida Lidan boshqa hech qachon foydalanmasligini aytganidan soʻng u „Guangzhou“ jamoasidan chetlashtirilgan[8]. Bir necha hafta oʻtgach, Li 2016-yil 9-avgustda Skolari bilan yarashganidan soʻng Beijing Guoanga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushgan[9].

Xalqaro faoliyati tahrir

Li Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2010-yilning 4-iyunida Fransiyaga qarshi bahsda (1:0) oʻtkazgan u Du Vey oʻrniga zahiradan maydonga tushgan[10]. Keyin u 2011-yilgi Osiyo Kubogida Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda (2:2) ishtirok etgan terma jamoaning asosoiy tarkibida maydonga tushgan[11].

Shaxsiy hayoti tahrir

Li Xuepeng xitoylik sobiq futbolchi Li Xitsayning oʻgʻli[12].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Dalian Shide 2007 Xitoy Super Ligasi 5 1 - - - - 5 1
2008 24 2 - - - - 24 2
2009 23 0 - - - - 23 0
2010 24 0 - - - - 24 0
2011 19 0 0 0 - - - 19 0
2012 3 0 0 0 - - - 3 0
Jami 98 3 0 0 0 0 0 0 0 0 98 3
Citizen (Ijara) 2007—2008 Birinchi Divizion 1 0 0 0 0 0 - - 1 0
Dalian Aerbin 2013 Xitoy Super Ligasi 23 1 4 0 - - - 27 1
2014 11 0 0 0 - - - 11 0
Jami 34 1 4 0 0 0 0 0 0 0 38 1
Guangzhou Evergrande 2014 Xitoy Super Ligasi 6 0 0 0 - 1 0 - 7 0
2015 13 0 0 0 - 8 0 3 0 24 0
2016 12 0 4 0 - 5 0 1 0 22 0
2017 17 0 3 0 - 8 0 1 0 29 0
2018 27 0 0 0 - 8 0 1 0 36 0
2019 13 0 1 0 - 7 0 - 21 0
2020 3 0 0 0 - 0 0 - 3 0
Jami 91 0 8 0 0 0 37 0 6 0 142 0
Karyerada jami 224 4 12 0 0 0 37 0 6 0 279 4

Xalqaro statistika tahrir

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2010 3 0
2011 6 0
2012 0 0
2013 3 0
2014 5 0
2015 0 0
2016 5 0
2017 5 0
2018 5 0
Jami 32 0

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Guangzhou Evergrand

Shaxsiy yutuqlari tahrir

  • Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2018-yil

Manbalar tahrir

  1. „Li Xuepeng“. football-lineups.com. Qaraldi: 16-iyul 2018-yil.
  2. „1-2 - 比赛结果-中超数据库-搜狐“. csldata.sports.sohu.com (9-avgust 2007-yil). Qaraldi: 4-avgust 2010-yil.
  3. „1-1 - 比赛结果-中超数据库-搜狐“. csldata.sports.sohu.com (4-noyabr 2007-yil). Qaraldi: 3-avgust 2010-yil.
  4. „HKFA“. hkfa.com (2007-yil 2-dekabr). Qaraldi: 4-avgust 2010-yil.
  5. „China 2008“. rsssf.com (3-aprel 2009-yil). 2010-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2010-yil.
  6. „恒大官方宣布于汉超李学鹏加盟“. sports.sina.com (2014-yil 10-iyun). Qaraldi: 11-iyun 2014-yil.
  7. „中超-埃神长途奔袭施冷箭 恒大客场1-0复仇建业“. sports.163.com (27-iyul 2014-yil). Qaraldi: 20-iyul 2016-yil.
  8. „斯科拉里:没人可用也不用李学鹏 战国安将会轮换“. sports.163.com (12-iyul 2014-yil). Qaraldi: 20-iyul 2016-yil.
  9. „李学鹏和解归队救火J马复出 恒大无奈再伤两将“. sports.sohu.com (9-avgust 2016-yil). Qaraldi: 9-avgust 2016-yil.
  10. „China PR 1-0 France“. teamchina.freehostia.com (4-iyun 2010-yil). Qaraldi: 4-avgust 2010-yil.
  11. „CHINA PR VS. UZBEKISTAN 2-2“. uk.soccerway.com (16-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 12-aprel 2018-yil.
  12. „李锡才李学鹏父子有望聚首阿尔滨“. lnd.com.cn (2012-yil 24-dekabr). 10-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2016-yil.
  13. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (xitoycha). Sports.sina.com.cn (2016-yil 27-noyabr). Qaraldi: 20-avgust 2019-yil.