Litografiya (yunoncha: lito.. + grapho – yozaman) — 1) Ohaktosh (litografik) toshga relyefsiz, litografiya toshi yoki qalami bilan tushirilgan bosma qolip; toshbosma; shunday toshbosmada matn bosish, chop etish usuli; 2) Shu usulda bosilgan matn yoki asar; 3) Shunday usulda matn nashr etadigan korxona yoki sex; toshbosmaxona; 4) Shu usulda rassomlar tomonidan yaratiladigan grafika asarlari.[1]

Litografiya

Tasvirning oraliq (probel) elementlariga azot kombinata (toshda) yoki fosfor kombinata (metallda) eritmasi hamda kolloid bilan ishlov beriladi, natijada bular boʻyoq olmaydi. Boʻyoq bilan qoplangan tasvir bevosita qogʻozga koʻchiriladi. Litografiyani 1798-yilda germaniyalik A. Zenefelder kashf qilgan. Shundan soʻng 1806-yilda Myunxenda, 1816-yilda Parijda, 1822-yilda Londonda dastlabki litografia ustaxonalari tashkil qilingan. XX asrning 30-yillaridan boshlab litografiya oʻrnini ofset bosma egallay boshladi.[2]

Manba tahrir

  1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023 — 964 bet. ISBN 978-9943-8834-4-4. 
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil