MHSK (eng: MHSK Tashkent — Markaziy harbiy sport klubi) — Toshkentda joylashgan, Oʻzbekiston sobiq futbol klubi.

MHSK
Toʻliq nomi Markaziy Harbiy Sport Klubi - MHSK futbol klubi Toshkent
Laqabi Armiya erkaklari
Asos solingan 1992
Tugatilgan 2001
Stadion MHSK Stadium
Stadion hajmi 17,000
Musobaqasi First League
2000
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Tarix tahrir

Jamoa nomlari tarixi tahrir

  • 1991-1992 — Umid
  • 1992 — Paxtakor-79
  • 1993 — Binokor-Paxtakor-79
  • 1993-2000 — MHSK

Baʼzi manbalarda klub 1945-yilda tashkil topib, Sovet davrida SKA nomi bilan tanilgan "Sverdlovets" klubining vorisi boʻlgan, degan maʼlumotlarni uchratish mumkin. MHSK 1979-yilda aviahalokatda fojiali ravishda halok boʻlgan "Paxtakor" jamoasi xotirasiga bagʻishlanib „Paxtakor-79“ nomi bilan 1992-yilda rasman tashkil etilgan.

Ayrim maʼlumotlarga koʻra, MHSK avval Oʻzbekiston Mudofaa vazirligiga, keyinchalik esa Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi tasarrufida boʻlgan.

1993-yil boshida klub nomi „Binokor-Paxtakor-79“ deb oʻzgartiriladi. Keyinchalik esa MHSK nomini oladi. MHSK — Markaziy Armiya Sport Klubi (rus: CSKA) qisqartmasining oʻzbekcha muqobili hisoblanadi.

1992-yildan 1998-yilgacha MHSK Oʻzbekiston oliy ligasining yettita qur’asida ishtirok etgan va dastlabki 8 mavsumni Oʻzbekiston Oliy ligasida oʻtkazgan 1993 yilda u oʻz nomini „MHSK“ Toshkent deb oʻzgartirdi. Bu vaqt ichida klub 1997-yilda mamlakat chempionatida gʻolib chiqishga muvaffaq boʻldi,[1] 1995 yilda milliy chempionatning kumush medali, 1996-yilda bronza medali sovrindori boʻldi. Bundan tashqari, 1995-yilda klub mamlakat kubogi finaliga qadar yetib borgan. Bu davrda klubning bosh homiysi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi bo‘lgan.[2][3]

1998-yilgi mavsumda Oʻzbekiston chempionatida oxirgidan oldingi 15-oʻrinni egalladi va Birinchi ligaga tushib ketdi. 1999-2000 yilgi mavsumda MHSK Birinchi ligada oʻynadi. 2001-yil Birinchi liga boshlanishi arafasida klub musobaqadan chiqdi.[4]

2001-yilda jamoa tarqatib yuborildi, ammo 2002-yilda tarqatib yuborilgan klub negizida yangi „SKA-Sibal Toshkent“ futbol klubi tashkil etildi.[5]

Stadioni tahrir

Klub uy uchrashuvlarini Toshkentdagi 16500 tomoshabinga moʻljallangan MHSK stadionida oʻtkazgan. MHSK stadioni 2009-yilda buzib tashlanib, oʻrniga „Milliy“ stadioni qurilgan.

Yutuqlari tahrir

Oʻzbekiston chempionati tahrir

  • 1  Chempion: 1997.
  • 2  Kumush medal sohibi: 1995.
  • 3  Bronza sohibi: 1996.

Oʻzbekiston kubogi tahrir

  • 2  Final ishtirokchisi: 1995.

Oʻyin natijalari tahrir

Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng yaxshi toʻpurar Murabbiy
Liga Oʻrin D M UG OʻG +/- O Ism Liga
1992 1st 11 32 9 7 16 38 58 −20 25 1/16 final   Boris Lavrov

  Vyacheslav Solovyov

1993 8 30 9 9 12 38 50 −12 27 1/8 final   Vyacheslav Solovyov

  Birodar Abduraimov

1994 4 30 16 7 7 57 28 +29 39 1/16 final   Bahrom Hakimov
1995 2 30 23 5 2 67 19 +48 74 Final   Oybek Usmonxoʻjaev 22   Bahrom Hakimov

  Aleksandr Ivankov

1996 3 30 18 8 4 80 41 +39 62 Yarim final   Grigoriy Seytlin

  Rustam Mirsodiqov

1997 30 2 5 23 28 97 −69 11 1/4 final   Noʻmon Hasanov 27   Rustam Mirsodiqov, Pavlovskiy
1998 1 34 29 3 2 109 42 +67 90 1/16 final   Rustam Mirsodiqov, Pavlovskiy
1999 2st 13 34 12 3 19 49 67 -18 39 1/16 final   Vitaliy Ni

  Vitaliy Suyunov

2000 12 38 16 6 16 67 65 +2 54 Dastlabki bosqich   Vitaliy Suyunov

Bosh murabbiylar tahrir

Mavsum Bosh murabbiy
1992   Boris Lavrov
1992—1993   Vyacheslav Solovyov
1993   Birodar Abduraimov
1994—1995   Bahrom Hakimov
1995   Aleksandr Ivankov
1996   Grigoriy Tseytlin
1996—1998   Rustam Mirsodiqov, Pavlovskiy
1999—2000   Vitaliy Ni, Vitaliy Suyunov

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir