M 36 tarqoq toʻdasi (shuningdek, Messiye Obyekti 36 yoki NGC 1960 nomi bilan ham tanilgan) Aravakash yulduz turkumidagi tarqoq toʻdadi[1].

Kashfiyot tarixi tahrir

Toʻda 1654-yilgacha Jovanni Battista Godierna tomonidan kashf etilgan.

Qiziqarli xususiyatlari tahrir

M36 Yerdan 4100 yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan va koʻndalang oʻlchami 14 yorugʻlik yilini tashkil etadi. Toʻdada kamida 60 ta yulduz bor. U Pleyadalar (M 45) ga juda oʻxshaydi va agar u ham Yerdan xuddi shunday masofa uzoqlikda boʻlsa, deyarli bir xil kattalikka ega boʻlar edi.

Kuzatishlar tahrir

 
M 36 tarqoq toʻdasi Aravakash yulduz turkumida joylashgan

Bu Aravakashning uchta mashhur tarqoq toʻdalaridan biridir. Uni, butun yulduz turkumi singari, kuzdan bahorgacha kuzatish mumkin. Durbin yordamida β Savr — Χ Aravakash chizigʻining davomida tumanli dogʻ sifatida koʻrish oson. Oʻrtacha (100-127 mm) optikli teleskopda toʻda uchburchak shaklda yigʻilgan ikkita oʻntalik havorang yulduzlarga boʻlinadi. Juda yaqin boʻlmagan (9m, 11") qoʻsh STF 737 toʻdaning markazida joylashgan.

Messiye katalogidagi osmon qoʻshnilari = tahrir

  • M 38 — (shimoliy-gʻarbda bir-ikki daraja) Aravakashning yana bir toʻdasi;
  • M 37 — (uch daraja janubiy-sharqda) Aravakashning uchinchi yorqin toʻdasi;
  • M 45 — „Pleyadalar“ (gʻarbda, shuningdek, Savr yulduz turkumida);
  • M 1 — (janubda, Savr yulduz turkumida) mashhur „Qisqichbaqasimon“ tumanlik;
  • M 35 — (janubiy-sharqda, Egizaklar turkumida) yorqin ochiq toʻda;


"Messiye Marafon" dagi kuzatishlar ketma-ketligi tahrir

M 1 → M 38 → M 36 → M 37 → M 35 …

Manbalar tahrir

  1. Frommert H. Messier 36

Havolalar tahrir