Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi

Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA tomonidan tan olingan Madagaskar sharafini himoya qiladigan ayollar terma jamoasidir. Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi FIFA tomonidan tan olingan oʻyinini 2015-yilda oʻtkazgan. Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yilda Hind okeani orollari oʻyinlarida ikkinchi oʻrinni egallashdi. Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilda Komor orollari ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonganidan soʻng COSAFA ayollar chempionatida ishtirok etishdi.

Tarixi tahrir

1985-yilda dunyoning deyarli hech bir davlatida ayollar futbol terma jamoasi[1] boʻlmagan, shu jumladan, Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi ham 1950-yildan 2012-yil iyungacha boʻlgan davrda FIFA tomonidan ruxsat etilgan birorta oʻyinda maydonga tushmagan[2]. 2005-yilda Zambiya mintaqaviy COSAFA ayollar chempionatiga mezbonlik qilishi kerak edi. Bu musobaqaga faqat oʻnta terma jamoa, jumladan, Janubiy Afrika Respublikasi, Madagaskar, Mozambik, Malavi, Seyshel orollari, Mavrikiy, Madagaskar, Zambiya, Botsvana, Namibiya va Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoalari qatnashishga rozi boʻldi[3]. Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi bu musobaqada natija qayd eta olmadi[2][4]. 2010-yilda mamlakatda ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionatida dastlabki bosqichlarda qatnashadigan jamoa yoʻq edi[5]. Mamlakatda 2011-yilgi Butun Afrika oʻyinlarida qatnashadigan jamoa ham yoʻq edi[6]. 2012-yilning iyun oyi holatiga koʻra Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA tomonidan dunyo reytingida emas edi[7].

2015 va 2016-yillarda Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi bir nechta oʻyin oʻtkazdi. Lekin shundan faqat toʻrttasi FIFA tomonidan tan olingan. Ulardan ikkitasi Komor orollari ayollar terma jamoasi ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻzaro oʻrtoqlik oʻyinlari edi[8]. Boshqa oʻyinlar Hind okeani oʻyinlari turnirida boʻlib, Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi ushbu turnirda ikkinchi oʻrinni egallashgan edi. Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi Mavrikiy ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonib turnir finaliga yoʻl olishgandi[9].

Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi 2017-yildan 2019-yilgacha ketma-ket uch yil COSAFA ayollar chempionatida ishtirok etdi. 2017-yilgi turnirda guruh bosqichidagi uchta o‘yinda ham mag‘lub bo‘lgan. 2018-yilda esa Botsvana ayollar terma jamoasi bilan faqat bitta o‘yinda durang o‘ynagan va 2019-yilgi turnirda Komor orollari ayollari terma jamoasiga qarshi faqat bitta o‘yinda g‘alaba qozongan[10][11][12].

Murabbiylar shtabi tahrir

Bosh murabbiylar tarixi tahrir

Ismi Murabbiylik davri
  Johari Rakotomalala 2015- [13]

Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining ichki rekordlari tahrir

2022-yil 14-avgust holatiga ko`ra: Qalin harfa yozilgan o‘yinchilar hali ham oʻz faoliyatini amalga oshirmoqda.

Eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati tahrir

Reytingi Futbolchilar Faoliyat yillari Urgan gollari Oʻtkazgan oʻyinlari
1 Sophie Farafanirina 2015-hozirga qadar 16 ??
2 Marie Sarah Rasoanandrasana ??-hozirga qadar 4 ??
3 Regina Ramiseheno 2015-?? 3 ??
Aimée Christina Razanampiavy 2015-hozirga qadar 3 ??
4 Nadia Ravaosoloarimalala 2015-?? 2 ??
Noriaty Nirina Tshohy 2015-?? 2 ??
5 Regina Mamiseheno 2015-?? 1 ??
Marie Raharimalala 2015-hozirga qadar 1 ??
Mamy Razafindrabe ??-?? 1 ??
Hanitriniana Nivonirina ??-?? 1 ??
Solomampionona Razananivo ??-?? 1 ??
Julie Solonilaina ??-?? 1 ??

Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari tahrir

Mintaqaviy tahrir

  • Hind okeani oʻyinlari
  Ikkinchi oʻrin: 2015[9]

Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari tahrir

     Chempion      Ikkinchi oʻrin      Uchinchi oʻrin     Toʻrtinchi oʻrin

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati tahrir

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
  1991-yil Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi
  1995-yil
  1999-yil
  2003-yil
  2007-yil Qatnashmadi
  2011-yil
  2015-yil
  2019-yil
  2023-yil
Jami 0/9 - - - - - - -

Olimpiada oʻyinlari tahrir

Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
  1996-yil Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi
  2000-yil
  2004-yil
  2008-yil Qatnashmadi
  2012-yil
  2016-yil
  2020-yil
  2024-yil Aniqlanmoqda
Jami 0/7 - - - - - - -

Afrika ayollar millatlar kubogi tahrir

Afrika ayollar millatlar kubogida Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
1991-yil Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi
1995-yil
  1998-yil
  2000
  2002-yil
  2004-yil
  2006-yil Qatnashmadi
2008-yil
  2010-yil
2012-yil
  2014-yil
  2016-yil
  2018-yil
2020-yil Qatnashmadi, keyinchalik turnir ham bekor qilindi
  2022-yil Qatnashmadi
Jami 0/12 - - - - - -

COSAFA ayollar chempionati tahrir

COSAFA ayollar chempionatida Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻrin Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
  2002-yil Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi
  2006-yil Qatnashmadi
  2008-yil
  2011-yil
  2017-yil Guruh bosqichi 11 3 0 0 3 4 17
  2018 Guruh bosqichi 10 3 0 1 2 1 4
  2019 Guruh bosqichi 8 3 1 0 2 5 6
  2020 Qatnashmadi
  2021-yil
  2022
Jami Guruh bosqichi 8 9 1 1 7 10 27

Manbalar: COSAFA[10], Soccerway[11][12]

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Chrös McDougall. Soccer. ABDO, 1 January 2012 — 45 bet. ISBN 978-1-61783-146-1. 2012-yil 13-aprelda qaraldi. 
  2. 2,0 2,1 „Madagascar: Fixtures and Results“. FIFA. 2011-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-aprel.
  3. Mukoka, Augustine. „The Post (Zambia) – AAGM: Zambia to Host Cosafa Women's Soccer Tourney“. The Post (2005-yil 16-avgust). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-aprel.
  4. „Women's Football Today“. FIFA (2006). 2012-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-iyun.
  5. „Fixtures – African Women Championship 2010 – CAF“. Cafonline.com. 2012-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
  6. „Groups & standings – All Africa Games women 2011 – CAF“. Cafonline.com. 2012-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
  7. „The FIFA Women's World Ranking“. FIFA (2009-yil 25-sentyabr). 2011-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-iyun.
  8. „Match Amical Feminin: Madagascar 4–0 Comores“. 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-noyabr.
  9. 9,0 9,1 „Jeux des Iles de l'Océan Indien (Indian Ocean Games)“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. 2018-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-yanvar.
  10. 10,0 10,1 „2017 COSAFA Women's Championship – Day 7 Review / Day 8 Preview“. COSAFA. 2022-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  11. 11,0 11,1 „COSAFA Women's Cup 2018“. Soccerway. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  12. 12,0 12,1 „COSAFA Women's Cup 2019“. Soccerway. 2020-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  13. „Foot Féminin : Rakotomalala Johary nouveau head coach“ (2015-yil 3-mart). [sayt ishlamaydi]

Havolalar tahrir