Makroglossiya

Tilning normadan kattalashuvi

Makroglossiya – bu tilning odatdagidan koʻra kattalashib ketish holati hisoblanadi[1]. Tilning bu kabi kattalashuvi gapirish, ovqatlanish, yutinish va uxlashda qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi, bundan tashqari, tilning kattalashib ogʻiz boʻshligʻidan chiqib qolishi bemorlar uchun kosmetik nuqsonni ham hosil qiladi. Makroglossiya(glossomegaliya deb ham ataladi) bu holat kam uchraydi, asosan, bolalar orasida kuzatiladi. Makroglossiyani keltirib chiqaruvchi sabablari koʻp boʻlib, davolash choralari ham shu sabablarga koʻra amalga oshiriladi.

Hypoglycemia,_Neonatal_Macroglossia,_Visceromegaly_and_Omphalocele_1
Hypoglycemia,_Neonatal_Macroglossia,_Visceromegaly_and_Omphalocele_1

Belgi va simptomlari tahrir

Til kattalashuvining simptomatik va asimptomatik formalari mavjud boʻlib, asimptomatik formasida hech qanday sezilarli belgilar boʻlmaydi. Simptomatik shakli quyidagi belgilar bilan namoyon boʻlishi mumkin:

  • Disapnoe – nafas olishdagi qiyinchilik, nafas shovqinlarining oʻzgarishi, obstruktiv uyqu apnoesi[2] yoki nafas yoʻllari obstruktsiyasi[3].
  • Disfagiya – yutinish va ovqatlanishda qiyinchilikning boʻlishi[3].
  • Disfoniya – nutqdagi buzilishlar, talaffuzda oʻzgarish shaklida namoyon boʻlishi mumkin[3].
  • Sialoreya – Ogʻizdan soʻlakning oqib turishi[3].
  • Angulyar uchuqlar – ogʻiz burchaklaridagi yaralar.
  • Tishlarning tilga qattiq tegib turishi natijasida tilning ikki chetida iz qoldirishi[3].
  • Ochiq tishlash maloklyuziyasi – kattalashgan tilda tishlarning hosil qilgan yaralari[3].
  • Ogʻizdan nafas olish.
  • Ortodontik anomaliyalar- tishlarning orasida ochiqliklarning paydo boʻlishi[4].

Tilning kattalashuvi uning ogʻizdan chiqib turishiga sabab boʻladi, ochiq muhit tilning qurishi, yaralarning paydo boʻlishi, infeksiyalanishi va ogʻir holatlarda nekroz jarayoniga sabab boʻlishi mumkin[3].

Keltirib chiqaruvchi sabablari tahrir

Makroglossiya turli xil tugʻma va orttirilgan kasalliklar sababli rivojalanishi mumkin. Til kattalashuvining eng keng tarqalgan sabablari qon tomir nuqsonlari (masalan, limfangioma yoki gemangioma) va til muskullari gipertrofiyasi (masalan, Beckwith-Wiedemann sindromi yoki yarimgiperplaziya)[3]. Limfangioma tufayli kattalashgan tilda bir nechta yuzaki kengaygan limfa kanallari va tugunlar sababli kattalashuv yuzaga keladi. Tishsiz odamlarda tishlarning yoʻqligi sababli tilning ikki cheti kattalashuvini koʻrish mumkin, bu esa protez qoʻydirish uchun qiyinchilikni hosil qiladi va bu holatda koʻpincha psevdomakroglossiya rivojlanadi.

Tashxislash tahrir

Odatda makroglossiyaga klinik tashxis qoʻyiladi. Tungi obstruktiv apnoeni tekshirish uchun instrumental tekshiruvdan foydalaniladi[2]. Makroglossiyani erta bosqichlashda tashxislash uchun abdominal sohada ultratovush tekshiruvlari oʻtkazilishi mumkin, Beckwith–Wiedemann sindromini[5] tashxislash molekulyar darajadagi tekshiruvlarni talab qiladi.

Davolash usullari tahrir

Makroglossiyani davolash va pragnozlash uni keltirib chiqaruvchi kasallikning turiga va kechishiga bogʻliq, chunki makroglossiya mustaqil kasallik emas balki boshqa bir mustaqil kasallikning simptomlaridan biri sifatida rivojlanadi. Agar kasallik erta bosqichda aniqlansa terapevtik davo bilan makroglossiyani davolash mumkin. Yengil holatlarda nutq terapiyasining oʻzi bilan kerakli natijaga erishish mumkin boʻlsa, oʻgir holatlarda jarrohlik aralashuvi talab etiladi, bunda tilning bir qismi olib tashlanadi va bu jarayon glossoektomiya deb ataladi. Davolash rejasi oʻz ichiga ortodontik korreksiyalashni ham olishi mumkin chunki kattalashgan til ogʻiz boʻshligʻida joylashgan boshqa azolar (tishlar, jagʻ suyagi)ni ham zararlaydi[4].

Epidemiologiyasi tahrir

Makroglossiya kam tarqalgan kasallik, va asosan yosh bolalar orasida uchraydi[3]. Makroglossiyali bemorlarning orasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra ularning 6% da bunday holat bilan ajdodlari ham kasallangani aniqlandi. The National Organization of Rare Disorders[1] (NORD) tashkilotining bergan statistik maʼlumotlariga koʻra AQSH da har 200.000 chaqaloqdan 1 nafari makroglossiyadan aziyat chekadi[5].

Manbalar tahrir

  1. Dennis, Mark „Macroglossia“,. Mechanisms of Clinical Signs. Elsevier, 2012 — 539–540 bet. ISBN 978-0729540759. 
  2. 2,0 2,1 Perkins, JA (December 2009). "Overview of macroglossia and its treatment.". Current Opinion in Otolaryngology & Head and Neck Surgery 17 (6): 460–5. doi:10.1097/moo.0b013e3283317f89. PMID 19713845. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 3,7 3,8 Douglas D. Damm. Oral & maxillofacial pathology, 2nd, Philadelphia: W.B. Saunders, 2002 — 9–10 bet. ISBN 0721690033. 
  4. 4,0 4,1 Topouzelis, N; Iliopoulos, C; Kolokitha, OE (April 2011). "Macroglossia.". International Dental Journal 61 (2): 63–9. doi:10.1111/j.1875-595x.2011.00015.x. PMID 21554274. 
  5. 5,0 5,1 Prada, CE; Zarate, YA; Hopkin, RJ (February 2012). "Genetic causes of macroglossia: diagnostic approach.". Pediatrics 129 (2): e431-7. doi:10.1542/peds.2011-1732. PMID 22250026.