Malay yoʻlbarsi[1] – yoʻlbarslarning Panthera tigris tigris kenja turi populyatsiyaslaridan biri boʻlib, faqat Malay yarim orolining janubiy (Malayziya) qismida yashaydi. 2004-yildan yarim orolning bu qismidagi yoʻlbars populyatsiyasini alohida kenja tur sifatida kiritishga harakat qilinib, 2017-yilgi tadqiqot bilan tasdiqlangan. 2004-yilgacha ushbu tur Hindixitoy yoʻlbarsi turiga mansub deb hisoblangan[2].

Malay yoʻlbarsi
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Oila: Mushuksimonlar
Triba: Katta mushuklar
Urugʻ: Panteralar
Series: Panthera tigris tigris
Tur: Malay yoʻlbarsi
Binar nomi
Panthera tigris jacksoni

Tashqi koʻrinishi tahrir

Malay yoʻlbarsi – yoʻlbars kenja turlari ichida eng kichigi. Uning rangi va chiziqlari Hindxitoy yoʻlbarsiga juda oʻxshash, lekin jussasi Sumatra yoʻlbarsiga yaqinroq. Erkaklarining vazni 120 kg, urgʻochilar – 100 kg gacha yetadi. Erkak yoʻlbarslarning uzunligi 237 sm gacha, urgʻochilariniki esa 203 sm gacha boradi[2].

Yashash tarzi tahrir

Malay yoʻlbarslari sambar bugʻusi, yovvoyi choʻchqa va boshqa tuyoqli hayvonlarni, shuningdek Malay ayigʻini ovlaydi. Baʼzida Malay tapiri kabi kam uchraydigan oʻlalarni ham ovlashi mumkin, ammo bunday oʻlja, juda kamdan-kam hollarda ushlanadi. Erkaklari odatda 100 km² gacha boʻlgan hududni egallaydi, bu yerda odatda bir vaqtning oʻzida 6 tagacha urgʻochi birga yashaydi.

IUCN 2014-yil taksoniga butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasida (CR) maqomini bergan, chunki 2013-yildagi roʻyxatga olish jarayonida 250-340 yoʻlbars mavjudligi koʻrsatilgan.

Geraldikada tasvirlanishi tahrir

Malay yoʻlbarsi Malayziyaning milliy ramzidir[3], u davlat gerbida, turli davlat idoralarining timsollarida (masalan, Malayziya banki), armiya boʻlinmalari va maxsus kuchlarning emblemalarida va boshqalarda tasvirlangan.

Manbalar tahrir

  1. Felids and Hyenas of the World: Wildcats, Panthers, Lynx, Pumas, Ocelots, Caracals, and Relatives. 
  2. 2,0 2,1 „Малайский тигр. Фото, описание, ареал, питание, враги“ (ru). wildfauna.ru. 2020-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-aprel.
  3. „Малайский тигр, описание, фото“. www.tepid.ru. 2021-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-aprel.

Havolalar tahrir