Mario Šitum (talaffuzi: Mario Shitum)(1992-yil 4-aprelda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Italiya Serie Cning „Katanzaro“ klubida oʻynaydi.

Mario Šitum
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 4-aprel 1992-yil (1992-04-04) (32 yosh)
Tavallud joyi Zagreb, Xorvatiya
Boʻyi 1.73 m (5 ft 8 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Catanzaro
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2002 Vrapče
2002—2007 Kustošija
2007—2008 Špansko
2008—2011 Dinamo Zagreb
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2020 Dinamo Zagreb 67 (8)
2012—2014Lokomotiva (Ijara) 72 (8)
2014—2016Spezia (Ijara) 65 (8)
2017—2018Lech Poznań (Ijara) 24 (2)
2020 Kayserispor 18 (0)
2020—2022 Reggina 21 (2)
2021—2022Cosenza (Ijara) 30 (2)
2022- Catanzaro 0 (0)
Milliy terma jamoa
2009 Xorvatiya U17 3 (1)
2010 Xorvatiya U18 5 (0)
2010—2011 Xorvatiya U19 5 (0)
2012—2013 Xorvatiya U20 3 (0)
2011—2014 Xorvatiya U21 15 (3)
2017 Xorvatiya 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(28-avgust 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (8-mart 2017-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Shitumning professional faoliyati 2011-yilda „Dinamo“ akademiyasidan asosiy jamoaga koʻtarilgandan soʻng boshlangan, oʻsha yili Chexiyaning „Sigma Olomouc“ jamoasiga qarshi oʻyinda (3:0) asosiy jamoada debyut qilgan. 2011-yilning 19-fevralida u NK Istra 1961 bilan oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan va 75 daqiqa maydonda harakat qilgan, „Dinamo“ Puladagi yangi taʼmirlangan „Aldo Drosina“ stadionida 4:3 hisobida gʻalaba qozongan. Shitum 2011-yilning 26-fevralida „Dinamo“ning „Karlovak“ga qarshi oʻyinida ligadagi ilk uchrashuvini oʻtkazgan. Shitum uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan, 12-daqiqada gol urgan, bu gol oʻyinda yagona gol boʻlgan. Shitum 2011/12-yilgi mavsumni yuqori notada boshlagan, NK Karlovacga qarshi 5:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda toʻrtinchi golni urgan va keyin NK Osijekga qarshi 4:0 hisobida yakunlangan oʻyinda ikkita gol urgan. U navbatdagi turda yana gol urgan va NK Lučkoga qarshi oʻyindagi yagona golga maulliflik qilgan. 

2014-yilning 17-iyulida Shitum Italiya B Seriyasining „Spezia“ klubiga ijara asosida oʻtgan. 

2017-yilning 17-iyunida u Polshaning „Lex Poznan“ jamoasiga ijaraga berilgan[1].

2022-yil 1-sentabrda Shitum Katanzaro bilan shartnoma imzolagan[2].

Xalqaro martaba tahrir

Xalqaro miqyosda Shitum Xorvatiyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasi uchun oʻzining birinchi gollarini 2015-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionatiga saralash bosqichida Lixtenshteynga qarshi oʻyinda kiritgan. Bu oʻyinda Shitum dubl qayd etgan.

2015-yilning may oyida u Gibraltarga qarshi oʻrtoqlik oʻyini va Italiyaga qarshi Yevro-2016 saralash oʻyinida ishtirok etish uchun Xorvatiya terma jamoasidan chaqiruv olgan[3].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Divizion Liga Kubok Yevropa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Dinamo Zagreb 2010—2011 1. HNL 5 1 1 0 - 6 1
2011—2012 11 4 1 0 5 0 17 4
2016—2017 19 1 4 1 5 0 28 2
2018—2019 19 2 0 0 5 0 24 2
Jami 54 8 6 1 15 0 75 9
Lokomotiv 2011—2012 1. HNL 13 1 0 0 - 13 1
2012—2013 26 2 8 4 - 34 6
2013—2014 33 5 0 0 2 2 35 7
Jami 72 8 8 4 2 2 82 14
Spezia 2014—2015 B seriyasi 27 5 0 0 - 27 5
2015—2016 38 3 5 0 - 43 3
Jami 65 8 5 0 - 70 8
Lex Poznan 2017—2018 Ekstraklasa 24 2 0 0 5 2 29 4
Karyerada jami 215 26 19 5 22 4 256 35

Manbalar tahrir

  1. „Situm podpisał kontrakt z Lechem“ (polyakcha). Lech Poznań (17-iyun 2017-yil). Qaraldi: 21-iyun 2017-yil.
  2. „MARIO ŠITUM È UN GIOCATORE DEL CATANZARO!“ (italyancha). Catanzaro (1-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2022-yil.
  3. „Chelsea midfielder named to Croatia squad to face Italy, Gibraltar“. weaintgotnohistory.sbnation.com (26-may 2015-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2015-yil.