Marmar churrak
Marmar churrak (lotincha: Marmaronetta angustirostris) — oʻrdaksimonlar (Anatidae) oilasiga mansub qush.
Tarqalishi tahrir
Amudaryo xavzasining Termizdan Urganchgacha boʻlgan qismi (Dengizkoʻl, Yettikoʻl, Chochqaxona, Xadicha Termiz xududining Amudaryo qayirlari, Dengizkoʻl-nomuntazam qishlash). Zarafshon daryosi vohasi (Toʻdakoʻl va Buxoro ixtisoslashgan „Jayron“ pitomnigi hududida — oʻtmishdagi uyalash joylari). Oʻzbekistondan tashqarida: Qozogiston,Turkmaniston, Ozarbayjon (uyalash), Ispaniya Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyo (uyalash, qishlash); Hindiston va Pokiston (qishlash).
-
Marmar Churrak
Yashash joylari tahrir
Suv va qirgʻoq boʻyi oʻsimliklari yaxshi rivojlangan, sayoz, chuchuk va nimshoʻr suvli xavzalar.
Soni tahrir
1960-yillargacha Amudaryo va Sirdaryo xavzalarida koʻp uchrar edi. Xozirda koʻpchilik yashash joylarida yoʻq boʻlib ketgan. 0,5-1,5 ming donasi gala-gala (15 tagacha) boʻlib uchib oʻtadi. Kuzda yirik suv xavzalarida 200-400 tagachasi toʻplanadi. Dengiz koʻlda koʻpi bilan 2 juft ,Yettikoʻl va Choʻchqa xonada1-2 tadan, Xadichada 2-3juft uyalaydi. Nomuntazam qishlaydi. Dengiz koʻlda 2003-yil 120ta qush, 2006-yil 14ta 2009-yil 6ta qishlab qolgan. Dunyodagi populyatsasi boʻyicha trendi aniqlanmagan.
Yashash tarzi tahrir
Bahorgi uchib oʻtishi fevral martda, kuzgisi-oktabrda. May oyida 9-15ta tuxum qoʻyadi va 25-27 kun bosadi. Suv oʻtlari va umirtqasizlar bilan oziqlanadi.
Koʻpaytirish tahrir
Yevropa parvarish xonalari va hayvonot bogʻida koʻpaytiriladi.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |