Matthias Lukas Ginter (talaffuzi: Mattias Lukas Ginter; 1994-yil 19-yanvarda Germaniyada tugʻilgan) — nemis futbolchisi, „Freiburg“ futbol klubi va Germaniya terma jamoasi futbolchisi. U markaziy himoyachi va yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Matthias Ginter
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Matthias Lukas Ginter[1]
Tavallud sanasi 19-yanvar 1994-yil (1994-01-19) (30 yosh)[2]
Tavallud joyi Freiburg im Breisgau,[3] Germaniya
Boʻyi 1.91 m[3]
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
SC Freiburg
Raqami 28
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998—2005 SV March
2005—2012 SC Freiburg

Xalqaro faoliyati tahrir

Matthias Ginter 2014-yilning 5-martida Chiliga qarshi o‘yinning 88-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan. Shu tariqa Matthias Ginter Germaniya terma jamoasida oʻynagan 900-futbolchiga aylangan[4]. Shu bilan bir qatorda, 2014-yil may oyida Matthias Ginter Joachim Löw tomonidan Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionati tarkibiga kiritilgan[5]. U yerda futbolchi jahon chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, jahon chempioni boʻlgan.

Shuningdek, 2016-yil 15-iyulda Matthias Ginter Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish uchun Germaniya terma jamoasi tarkibiga chaqirilgan va musobaqaga ishtirok etish uchun tayyorgarliklarga jalb qilingan[6][7]. Matthias Ginter beshta o‘yinda ikkita gol urgan va terma jamoa bilan kumush medallarni qo‘lga kiritgan.

2017-yil 2-iyun kuni Matthias Ginter Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Konfederatsiyalar kubogi uchun terma jamoa tarkibiga kiritilgan[8]. Turnirda u toʻrtta oʻyinda qatnashib, jamoaning oltin medallarni qoʻlga kiritishiga yordam bergan.

Matthias Ginter JCh-2018 oʻyinlari uchun asosiy jamoa tarkibiga kiritilgan ammo birorta oʻyinda ham maydonga tushmagan[9]. Shu tariqa, Matthias Ginter Germaniya terma jamoasi tarixida ikkita jahon chempionati oʻyinlari tarkibiga kiritilgan, biroq birorta ham o‘yinda qatnashmagan yagona futbolchiga aylangan.

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
S. C. Friburgo 2011—2012 13 1 0 0 13 1
2012—2013 23 1 3 0 26 1
2013—2014 34 0 3 2 5 1 42 3
Borussia Dortmund II 2014—2015 2 0 2 0
Jami 2 0 0 0 0 0 2 0
Borussia Dortmund 2014—2015 14 0 1 0 5 0 20 0
2015—2016 24 3 5 0 11 1 40 4
2016—2017 29 0 5 0 8 0 42 0
Jami 67 3 11 0 24 1 102 4
Borussia Mönchengladbach 2017—2018 34 5 3 0 37 5
2018—2019 27 2 2 0 29 2
2019—2020 31 1 1 0 4 0 36 1
2020—2021 34 2 4 0 8 0 46 2
2021—2022 28 1 3 0 31 1
Jami 154 11 13 0 12 0 179 11
S. C. Friburgo 2022—2023 15 2 2 1 6 0 23 3
Jami 85 4 8 3 11 1 104 8
Umumiy faoliyatida 308 18 32 3 47 2 387 23

Manbalar tahrir

  1. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Germany“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Matthias Ginter: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  3. 3,0 3,1 „Matthias Ginter: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2021-yil 27-yanvar.
  4. „Matthias Ginter der 900. Nationalspieler“. 2018-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-iyul.
  5. „Löw streicht Mustafi, Schmelzer und Volland“. 2018-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-iyul.
  6. „Гинтер, братья Бендеры и Гнабри вошли в состав сборной Германии на Олимпиаду“. 2016-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-iyul.
  7. „Die Olympia-Kader stehen fest“. 2017-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-iyul.
  8. „Das ist der deutsche Kader für den Confed Cup 2017“. 2017-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-iyul.
  9. „Germany announce final World Cup squad, with Manuel Neuer, without Leroy Sané“. Deutsche Welle. 2020-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.