Mavlono Doiy I
Mavlono Doiy I (XV XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning[1][2] uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning koʻp vaqtini Saraxsdagi hazrat Shayx Luqmon qabri boshida oʻtkazishini, baʼzan savdo-sotiq bilan ham shugʻullanishini aytadi. “Majolis un-nafois”da Mavlono Doiyning quyidagi bayti keltirilgan:
Justem on dahonro boloi chohi gʻabgʻab,
Dar xanda guft on mah
onchoki nest matlab.
(Mazmuni: Ul ogʻizni men baqbaqa ustidan qidirdim, u oy kulib dedi: bu yerdan tilak hosil boʻlmas).