Meksika bo'risi - Bo'rilarning Canis lupus kenja tur populyatsiyaslaridan biri bo'lib Janubiy-sharqiy Arizona, Janubiy New Mexico va Meksikaning shimoliy hududlarida yashaydi. U bir paytlar g'arbiy Texasda ham tarqalgan. Katta ehtimol bilan uning ajdodlari Shimoliy Amerikadagi birinchi kulrang bo'rilardan bo'lgan. U xalq orasida lobo nomi bilan ham tanilgan. AQSHning 1972-yildagi Endangered Species Act qonuniga asosan yo'qolib ketish xavfi ostidagi turlar ro'yxatiga kiritilgan.

Meksika bo'risi
Meksika bo'risi
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Oila: Itsimonlar
Urugʻ: Bo'rilar
Binar nomi
Panthera tigris jacksoni
Canis lupus pallipesning tarqalishi
Canis lupus pallipesning tarqalishi

Tashqi ko'rinishi tahrir

 
Meksika bo'risining bosh chanog'i

U Shimoliy Amerikadagi kulrang bo'rilarning eng kichigi bo'lib[1], turdoshi C. l. nubilusga o'xshab ketadi. Ammo kichik jussasi, tor bosh chanog'i va nisbatan to'q yungi bilan ajralib turadi. Yungi sarg'ish-kulrang, orqasi va dumi esa qora tusga ega.

Yashash tarzi tahrir

 
Meksika bo'risi va bo'ri bolalari

Meksika bo'risi dunyodagi qolgan bo'rilar kabi yirik tuyoq hayvonlar bilan oziqlanadi. Rocky Mountain bug'usi bo'ri ozuqasining 76-80%ini tashkil qiladi. Shu jumladan u xachir kiyik, oq dumli kiyik, pekari kabi Shimoliy Amerikaga xos turlar va boshqa quyon va olmaxon kabi boshqa kichik sut emizuvchilar bilan oziqlanadi. Chorva mollari o'tlaydigan yerlarda ozuqasining 16%iga yaqinini chorva mollari tashkil etadi. Meksika bo'risi yashaydigan yerlarda boshqa etxo'rlar ham yashaydi. Ular tog' sherlari, qora ayiqlar, koyotlar, yovvoyi mushukalar, qizil va kulrang tulkilardir.

Hozirgi aholisi tahrir

Fish and Wildlife Servicesning aniqlashicha 2023-yil 28-fevral holatiga Janubi-g'arbiy Amerikadagi erkinlikdagi meksika bo'rilarining soni 241taga yetgan. Ularning 136tasi wolves New Mexicoda and 105tasi Arizonada. Bo'ri bolalarining yillik tirik qolish darajasi 67%ni tashkil etdi. 109ta bo'riga (bo'rilarning 45%ida) ularni monitor qilish va boshqarish uchun bo'yinbog'lar taqilgan . 2022 yili 2017-yildan beri eng kam o'lim (12ta o'lim) qayd etilgan yilga aylandi. Tutqunlikdagi jami Meksika bo'rilari soni 380tani tashkil etgan. Meksikada esa 45ga yaqin ushbu turdagi bo'rilar mavjud.

Manbalar tahrir

  1. Mech, L. David. he Wolf: The Ecology and Behaviour of an Endangered Species. University of Minnesota Press, 1981 — p. 350 bet. ISBN 0-8166-1026-6. 
  1. Mech, L. David. he Wolf: The Ecology and Behaviour of an Endangered Species. University of Minnesota Press, 1981 — p. 350 bet. ISBN 0-8166-1026-6.