Melissa Roxburgh (talaffuzi: Melissa Roksburg;1992-yil 10-dekabrda tugʻilgan) — kanadalik va amerikalik aktrisa. U oʻzining „Diary of a Wimpy Kid: Rodrick Rules“ (2011) va Diary of a Wimpy Kid: Dog Days (2012) filmlaridagi rollari, 2016-yilgi „Star Trek Beyond“ filmidagi Ensign Syl roli, "The Marine 4: Moving Target filmidagi Olivia Tannis obrazi hamda NBC / Netflix ilmiy-fantastik drama seriali Manifest dagi Michaela Stone rollari orqali mashhur.

Melissa Roxburgh
Tavalludi 10-yanvar 1992-yil (1992-01-10) (32 yosh)
Fuqaroligi
  • Kanada
  • AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2011-yildan hozirga qadar
Otasi Cam Roxburgh
Onasi Shelley Roxburgh

Yoshligi tahrir

Roxburgh toʻrt farzandning ikkinchisi; uning ikkita singlisi (Kristie va Ashley) va bitta ukasi (Matt) bor.Uning otasi Cam kanadalik pastor[1] va onasi, Shelley Walpole-britaniyalik hozirda isteʼfoga chiqqan professional tennischi.

Uning ota-onasi AQShdan Kanadaga koʻchib oʻtgach, Vancouverdagi cherkovga asos solgan. Oʻrta maktabni tugatgach, Roxburgh Vancouverda aktyorlik faoliyatini boshladi[2]. Roxburgh William Esper studiyasining bitiruvchisi hisoblanadi[3].

Faoliyati tahrir

U oʻzining dastlabki rolini Rachel rolida " Wimpy Kid: Rodrick Rules " filmida oldi. U Diary of a Wimpy Kid filmining ikkinchi davomi, Dog Days qismida ham paydo boʻldi, lekin boshqa qahramon sifatida Heather Hills filmida ham ishtrok etdi. Uning keyingi filmlardagi faoliyatiga Big Time Movie kinosi, Leprechaun: Origins kinosidagi Jeni roli va Star Trek Beyond filmida esa Ensign Syl obrazi kiradi.Uning

Roxburgh 2018-yil 24-sentyabrda boʻlib oʻtgan NBCning Manifest serialining premyerasida Maykl Stounni tasvirlaydi. 2021-yil 28-avgustda Manifestning toʻrtinchi va oxirgi mavsumlari Netflixda qayta namoyish etilishi eʼlon qilindi.[4]

Shaxsiy hayoti tahrir

Roxburghning sayohatga boʻlgan ishtiyoqi baland edi. Oʻsib ulgʻayganida, uning oilasi Afrika, Yevropa va Janubiy Amerikaga tashrif buyurdi, bu esa Roxburghning ijtimoiy adolat masalalariga qiziqishiga sabab boʻldi[5][6]. Hozirda u ekstremal gumanitar inqirozlarda insonlarga yordam beradigan Xalqaro Qutqaruv Qoʻmitasining (IRC) GenRning rahbari boʻlib xizmat qiladi. Manifestdagi ishidan oldin Roxburgh jurnalist boʻlish maqsadida Simon Fraser universitetida aloqa fakultetida tahsil oldi.

Filmografiyasi tahrir

Filmlardagi rollari
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2011 Diary of a Wimpy Kid: Rodrick Rules Rachel Lewis
2012 Diary of a Wimpy Kid: Dog Days Heather Hills
2012 Big Time Movie malika
2014 Leprechaun: Origins Jeni
2015 The Marine 4: Moving Target Olivia Tanis
2016 Star Trek Beyond Ensign Syl
2016 2BR02B: To Be or Naught to Be Leora Duncan
2016 Lost Solace Azaria
2018 In God I Trust Mya Matheson Mustaqil film
2020 I Still Believe Heather Henning
2022 Mindcage Mary Kelly
Televizion rollari
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2012 Arrow Blake 2 ta epizod: („Damaged“ va „Trust but Verify“)
2012 Supernatural Lila Taylor Epizod: „Time After Time“
2014 Supernatural Violet Duval Epizod: „Bloodlines“[7][8]
2014 The Tomorrow People Talia Epizod: „Superhero“
2015 Sorority Murder Carly Televizion film
2016 Legends of Tomorrow Betty Seaver Epizod: „Night of the Hawk“
2017-2018 Valor Thea Bosh rol
2017 Travelers Carrie Epizod: „17 Minutes“
2018-2023 Manifest Michaela Stone Asosiy rol

Manbalar tahrir

  1. Bundel. „Melissa Roxburgh Is Like Her Manifest Character in More Ways Than You'd Think“. Elite Daily. Qaraldi: 22-aprel 2019-yil.
  2. „The Secret to Making it in L.A.? Grow a Thick Skin“. Backstage (9-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 22-aprel 2019-yil.
  3. „William Esper Studio alumni“. esperstudio.com (9-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 26-sentabr 2022-yil.
  4. Andreeva. „'Manifest' Saved With 20-Episode Fourth & Final Season On Netflix; Cast Led By Josh Dallas & Melissa Roxburgh To Return“. Deadline Hollywood (2021-yil 28-avgust). 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.
  5. „Melissa Roxburgh“. microsoft.com (2020).
  6. Maynard. „Interview with Melissa Roxburgh“. TV Series Hub (4-noyabr 2017-yil). 2019-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-aprel 2019-yil.
  7. Webb Mitovich. „Pilot Scoop: Supernatural Spin-Off Gets a New Title, Casts Its Final Series Regular“. TVLine (8-mart 2014-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2017-yil.
  8. Andreeva. „CW's Supernatural Spinoff Casts Melissa Roxburgh As Female Lead, Gets New Title“. Deadline Hollywood (8-mart 2014-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2017-yil.

Havolalar tahrir