Men oroli (inglizcha: Isle of Man [aɪl ɒv mæn], men tilida:Ellan Vannin [ˈɛlʲən ˈvanɪn]) Britaniya tojining tojga mulkidir. Irlandiya dengizida Angliya, Irlandiya, Shotlandiya va Uelsdan taxminan bir xil masofada joylashgan. Men oroli dunyodagi eng qadimgi parlamentlardan biriga ega (Tinwald) — 979 yildan beri mavjud.

1973-yilda Birlashgan Qirollik (Buyuk Britaniya) Gibraltar bilan birga Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga (keyinchalik Yevropa Ittifoqiga aylantirilgan) qoʻshildi[1]. Men oroli, Jersi va Gernsi Yevropa Ittifoqiga qoʻshilmagan.

Men orolining ramzi — triskelion — bir nuqtadan chiqgan uchta yuguruvchi oyoq. Bu orolning shiorida aks etgan barqarorlikni anglatadi. Orol bayrogʻi va gerbida ham tasvirlangan.

Etimologiyasi tahrir

Orol nomining aniq etimologiyasi nomaʼlum. Men tilidada orol Ellan Vannin deb atalgan (ellan soʻzi „orol“ degan maʼnoni anglatadi). Men nomining eng qadimgi maʼlum shakli Manu yoki Mana[2]. Julius Caesar oʻzining „Galliya urushi haqida eslatmalar“ asarida Mona nomi bilan Men orolini (Britaniya va Irlandiya oʻrtasida joylashgan orol) eslatib oʻtadi[3].

Tarixi tahrir

Men orolining tarixini uchta asosiy davrga boʻlish mumkin — Keltlar davri, Skandinaviya davri (Vikinglar davri) va Britaniya davri.

Siyosiy tuzilmasi tahrir

Davlat tuzilishi tahrir

Men oroli Britaniya toji mulkidir. Boshqaruv shakli — parlament konstitutsiyaviy monarxiya, siyosiy rejimi — demokratiya. Men oroli Buyuk Britaniyaning bir qismi emas.

Aholisi tahrir

2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Men orolida 83,314 kishi istiqomat qiladi, ulardan 27,938 nafari orolning poytaxti Douglasda istiqomat qiladi. Aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 147,7 nafar kishi.

Shaharlar — Douglas, Ramsey, Castletown, Peel.

Orol Angliya cherkovining Sodor va Men yeparxiyasi tarkibiga kiradi.

Manbalar tahrir

  1. „European Communities Act 1972 (repealed)“. 2009-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 4-mart.
  2. The Isle of Man. A Social, Cultural and Political History. by R. H. Kinvig, p. 18. 1975. 3rd Edition. Liverpool University Press ISBN 0-85323-391-8
  3. The Isle of Man. A Social, Cultural and Political History. by R. H. Kinvig pp. 18—19. 1975. 3rd Edition. Liverpool University Press ISBN 0-85323-391-8