Mezosomalar (inglizcha: mesosome) — elektron mikroskopiya uchun namunalar tayyorlash vaqtida kimyoviy fiksatsiya usullaridan foydalanganda hosil boʻlgan bakteriyalar sitoplazmatik membranasining burmalari hisoblanadi. Ushbu tuzilmalar 1960-yillarda tabiiy ravishda paydo boʻlgan deb hisoblangan boʻlsa-da, ular 1970-yillarning oxirlarida artefakt sifatida tan olingan va hozirda koʻpchilik tadqiqotchilar tomonidan bakterial hujayralarning normal tuzilishining bir qismi hisoblanmaydi deb eʼtirof etilgan.[1].

Fiksatsiya va mezosoma shakllanishi oʻrtasidagi munosabatni koʻrsatadigan sxema

Oldingi tadqiqotlar tahrir

Elektron mikroskopiya uchun namuna tayyorlash vaqtida kimyoviy fiksatsiyalangan grammusbat bakteriyalardagi hujayra membranalarining burmalarini birinchi marta 1953-yilda George Champaign (Jorj Champan) va James Hillyer (Jeyms Xilyer) koʻrgan va ular bu burmalarni „periferik jismlar“ deb atashgan. (inglizcha: peripheral bodies). 1959-yilda J. Robertson ularni mezosomalar deb atadi[2].

Dastlab, mezosomalar koʻplab hujayraning hayotiy jarayonlarida, masalan, hujayra boʻlinishi, DNKning duplikatsiyasi vaqtida hujayra devorining shakllanishi yoki oksidlovchi fosforillanish uchun joy sifatida rol oʻynashi mumkin deb oʻylangan. Mezosomalar hujayra sirtini oshiradi va hujayraning nafas olishida, shuningdek sekretsiyalash ishlarida ishtirok etadi deb taxmin qilingan[3]. Ular eukariotik mitoxondriyalardagi kristalarning analoglari hisoblangan. Mezosomalar fotosintezda ishtirok etishi va odatda bakterial hujayraning boʻlinishida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi fikrlar bildirilgan[4].

Gipotezani rad etilishi tahrir

1970-yillarning oxiriga kelib, mezosomalar elektron mikroskopga tayyorgarlik jarayonida kimyoviy fiksatsiya artefaktlari ekanligi va kimyoviy fiksatsiyadan oʻtmagan hujayralarda umuman uchramasligini koʻrsatuvchi dalillar toʻplandi[5]. 1980-yillarning oxiriga kelib, elektron mikroskopiya uchun namunalar tayyorlashda kriofiksatsiya keng tarqalgach, mezosomalardan namunalar tayyorlashning artefaktlari va tirik hujayralarda mavjud emasligi haqidagi fikrlar keng tarqaldi. Biroq, bir qator olimlar hali ham mezosomalar barcha holatlarda artefaktlar emasligi haqidagi fikrni daʼvo qilib kelmoqdalar[3].

Mezosomaga oʻxshash membrana burmalari baʼzan antibiotiklar va antibakterial peptidlar (defensinlar) taʼsirida boʻlgan bakteriyalarda ham topiladi. Bunday hollarda membrana burmalarining paydo boʻlishi hujayra membranasi va hujayra devorining kimyoviy shikastlanishi natijasi boʻlishi mumkin. Faqat fototrofik prokariotlar, nitrifikatorlar va metan oksidlovchi bakteriyalarda mezosoma boʻlmagan ichki membrana tizimlariga ega hisoblanadi[3].

Mezosomalarning mavjudligi haqidagi gipoteza va shunga oʻxshash nazariyalarni uni rad etish masalasi baʼzan fan falsafasi nuqtai nazaridan eksperimental usullarni ishlab chiqish bilan ilmiy gʻoyani rad etish misoli sifatida koʻrib chiqiladi[6][7].

Manbalar tahrir

  1. Dubochet J, McDowall AW, Menge B, Schmid EN, Lickfeld KG (1 July 1983). „Electron microscopy of frozen-hydrated bacteria“. J. Bacteriol. 155 (1): 381-90. doi:10.1128/JB.155.1.381-390.1983. PMC 217690. PMID 6408064
  2. Robertson, J.D. The ultra structure of cell membranes and their derivatives, Biochem (angl.) // Soc. Syrup : journal. — 1959. — P. 3.
  3. 3,0 3,1 3,2 Нетрусов, Котова 2012.
  4. Culp, S. (1994). „Defending Robustness: The Bacterial Mesosome as a Test Case“. PSA: Proceedings of the Biennial Meeting of the Philosophy of Science Association. 1994: 46-57. doi:10.1086/psaprocbienmeetp.1994.1.193010. JSTOR 193010. S2CID 112215147.
  5. Silva MT, Sousa JC, Polónia JJ, Macedo MA, Parente AM (1976). „Bacterial mesosomes. Real structures or artifacts?“. Biochim. Biophys. Acta. 443 (1): 92-105. doi:10.1016/0005-2736(76)90493-4. PMID 821538
  6. Culp, S. Defending Robustness: The Bacterial Mesosome as a Test Case(ingl.) // PSA: Proceedings of the Biennial Meeting of the Philosophy of Science Association : journal. — 1994. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр.
  7. Allchin, D. The Epistemology of Error(aniqlanmagan) // Philosophy of Science Association Meetings, Vancouver, November. — 2000. „Архивированная копия“. 2008-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-noyabr.

Adabiyotlar tahrir

Netrusov A. I., Kotova I. B. Mikrobiologiya. — 4-e izd., pererab. i dop. — M.: Izdatelskiy sentr „Akademiya“, 2012. — 384 s. — ISBN 978-5-7695-7979-0.

Havolalar tahrir

https://www.youtube.com/watch?v=eo0RzKUA5iA