Michael Rensing (1984-yil 14-mayda tugʻilgan) — nemis futbolchisi, darvozabon sifatida oʻynaydi. U Bayern Munich, 1.FC Kyoln, Bayer Leverkuzen va Fortuna Düsseldorf kabi jamoalarda oʻynagan.

Michael Rensing
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 14-may 1984-yil (1984-05-14) (40 yosh)
Tavallud joyi Lingen, Germaniya
Boʻyi 1.90 m
Ampluasi Darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1988—2000 TuS Lingen
2000—2002 Bayern Munich
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2010 Bayern Munich II 114 (0)
2003—2010 Bayern Munich 53 (0)
2010—2012 1. FC Köln[1] 49 (0)
2012 Bayer Leverkusen II 1 (0)
2012—2013 Bayer Leverkusen 2 (0)
2013—2020 Fortuna Düsseldorf 132 (0)
2017—2020 Fortuna Düsseldorf II 4 (0)
Milliy terma jamoa
2004—2006 Germaniya U21 18 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(27-iyun 2020-yil uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Yoshlikdagi faoliyati tahrir

Otasi germaniyalik va onasi esa serbiyalik boʻlgan[2] Rensing 2000-yilda TuS Lingendan Bayern Munichga kelib qoʻshilgan va oʻz faoliyatini klubning yoshlar jamoasida davom ettirgan.

U 2001—2002-yilgi mavsumda zaxiradan ikkita oʻyinda maydonga tushdi[3]. 2002-2003 mavsumni esa Regionalliga Südda oʻtkazdi va jami 34 ta liga va kubok oʻyinida maydonga tushdi[4].

Bayern Munich tahrir

 
Rensing (oʻngda) va Oliver Kan 2006-yilda

Rensing Bundesligadagi debyutini 2004-yil 21-fevralda oʻtkazdi[5]. U "Schalke 04" ga qarshi oʻyinda ham maydonga tushdi[6].

Rensing 2004—2005-yilgi mavsumida Bundesliganing toʻrtta oʻyinida va ikkita kubok oʻyinida[7] va 2005—2006-yilgi mavsumida esa Bundesliganing oltita oʻyinida maydonga tushgan[8]. 21-fevral kuni „Milan“ ga qarshi oʻyinda jarohat olgan Oliver Kan oʻrniga Chempionlar Ligasida jamoasi uchun asosiy darvozabon boʻlib qoldi. 2006-yil 15-aprelda Rensing Arminia Bielefeldga qarshi oʻyin oldidan gʻalati hodisaga duch keldi. U oʻyin oldi mashgʻulotlar paytida toʻpga zarba berdi, bu toʻp esa darvozabon Oliver Kanning koʻziga tegib, uni oʻyindan tashqarida zaxirada qolishiga majbur qildi. Kan oʻrnida Rensing oʻynadi va „Bayern Munich“ 2:0 hisobida gʻalaba qozondi[9][10].

Kan faoliyatining oxiriga yaqinlashar ekan, Rensing asta-sekin koʻproq oʻyinlarda maydonga tusha boshladi. 2008-yilda Kan nafaqaga chiqqanidan soʻng, Rensingga „Bayern Munich“ning asosiy darvozaboni boʻlish imkoniyati berildi. U Bundesligada 26 ta oʻyinda, 4 ta kubokda, 7 ta Chempionlar ligasida maydonga tushadi[11]. 2009—2010-yilgi mavsumni yomon boshlaganidan soʻng, uning tajribali jamoadoshi Xans-Yorg Butt uning oʻrniga Bayern Munich klubining asosiy darvozaboni boʻldi[12]. Bayern Munich mavsum oxirida shartnomani uzaytirmaslikni maʼqul koʻrdi.

2010-yil noyabr oyida Rensing "Leicester Citi "ga sinov tariqasida qoʻshildi[13], ammo keyingi shartnoma taklifini rad etildi[14].

1. FC Köln tahrir

2010-yil 21-dekabrda Rensing FC Köln bilan olti oylik shartnoma imzoladi[15]. U 2010-2011-ilgi mavsumda 17 ta oʻyinda maydonga tushdi[16] va jamoa bilan shartnomasini yana 2yilga yaʼni 2013-yilgacha uzaytirdi. U 2011-12 yilgi mavsumda chempionatda 32 oʻyin oʻtkazdi va Kubok oʻyinlaridada maydonga tushdi[17]. Biroq 2012-yilda klub quyi ligaga tushib ketganidan soʻng Köln u bilan shartnomani muddatidan oldin toʻxtatdi. U Kölndagi faoliyatini 49 liga oʻyinlari bilan yakunlagan[17].

Bayer Leverkusen tahrir

Rensing 2012-yilning avgustida Bernd Lenodan keyingi oʻrindagi darvozabon sifatida xizmat qilish uchun Leverkusenning Bayer 04 jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Klubdagi yagona mavsumida u ikkita liga oʻyinida va 1 ta kubok oʻyinida maydonga tushirildi[18].

Fortuna Düsseldorf tahrir

 
Rensing 2018-yil

2013-yilning 1-iyulidan buyon Rensing Fortuna Düsseldorf jamoasida oʻynamoqda. Mavsumning birinchi oʻyini oldidan Rensing mashgʻulotni tark etdi va shu tariqa oʻsha oʻyin uchun jamoadan chetlatildi. U 2013—2014-yilgi mavsumda beshta oʻyinda ishtirok etdi[19]. 2014—2015-yilgi mavsumda Rensing mavsumning dastlabki 13 ta oʻyinining 2 tasida oʻynagan. Bundesliga, shuningdek, bitta DFB-Pokal oʻyinida oʻynagan[20]. Rensing 2016—2017-yilgi mavsumni 34 ta liga va ikki kubok uchrashuvi bilan yakunlaydi[21]. 2017—2018-yilgi mavsumda esa liganing dastlabki uchta oʻyinini va Germaniya kubogining ochilish bosqichi bilan boshladi[22].

Xalqaro faoliyati tahrir

Germaniyaning U-19 toifasida asosiy darvozabon boʻlgan Rensing 2004-yilda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati finalida mezbonlar safiga qoʻshilgan, lekin final oʻyinida maydonga tushirilmagan. Biroq, u oʻshandan beri U-21da asosiy darvozabon boʻlib, jamoasiga 2006-yilgi 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevro chempionatiga chiqishga yordam berdi. U Germaniya va Serbiya terma jamoalarida oʻynash huquqiga ega.

Faoliyatining statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Liga kubogi Xalqaro Jami
Liga Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Bayern Munich II 2001-02 Regionalliga Süd 2 0 2 0
2002-03 Regionalliga Süd 34 0 1 0 35 0
2003-04 Regionalliga Süd 15 0 15 0
2004-05 Regionalliga Süd 18 0 4 0 22 0
2005-06 Regionalliga Süd 22 0 22 0
2006-07 Regionalliga Süd 20 0 20 0
2009-10 3. Liga 3 0 3 0
Jami 114 0 5 0 119 0
Bayern Munich 2003-04 Bundesliga 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
2004-05 Bundesliga 4 0 2 0 0 0 0 0 6 0
2005-06 Bundesliga 6 0 0 0 1 0 1 0 8 0
2006-07 Bundesliga 1 0 2 0 1 0 1 0 5 0
2007-08 Bundesliga 10 0 1 0 1 0 6 0 18 0
2008-09 Bundesliga 26 0 4 0 7 0 37 0
2009-10 Bundesliga 4 0 3 0 0 0 7 0
Jami 53 0 12 0 3 0 15 0 83 0
1. FC Köln 2010-11 Bundesliga 17 0 0 0 17 0
2011-12 Bundesliga 32 0 1 0 33 0
Jami 49 0 1 0 50 0
Bayer Leverkusen 2012-13 Bundesliga 2 0 1 0 1 0 4 0
Bayer Leverkusen II 2012-13 Regionalliga West 1 0 1 0
Fortuna Düsseldorf 2013-14 2. Bundesliga 5 0 0 0 5 0
2014-15 2. Bundesliga 24 0 1 0 25 0
2015-16 2. Bundesliga 34 0 0 0 34 0
2016-17 2. Bundesliga 34 0 2 0 36 0
2017-18 2. Bundesliga 3 0 1 0 4 0
Jami 100 0 4 0 104 0
Fortuna Düsseldorf II 2017-18 Regionalliga West 4 0 4 0
Faoliyatidagi jami 323 0 23 0 3 0 16 0 365 0

Yutuqlari tahrir

Bayern Munich
  • Bundesliga: 2004-2005, 2005-2006, 2007-2008, 2009-2010
  • DFB-Pokal: 2004-2005, 2005-2006, 2007-2008, 2009-2010
  • DFB-Ligapokal: 2007-yil
  • UEFA Chempionlar Ligasi 2-oʻrin: 2009-2010[23]

Manbalar tahrir

  1. „Michael Rensing“ (olmoncha). fussballdaten.de. Qaraldi: 1-dekabr 2015-yil.
  2. „Bayern in Belgrade“. fc-redstar.net (24-oktabr 2007-yil). 2007-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2007-yil.
  3. „Michael Rensing“ (olmoncha). Fussballdaten.de. Qaraldi: 27-avgust 2015-yil.
  4. „Michael Rensing » Club matches“. World Football. Qaraldi: 27-avgust 2015-yil.
  5. „Mit Real im Kopf zum glücklichen Sieg“ (olmoncha). Olympia Verlag (19-fevral 2004-yil). Qaraldi: 27-avgust 2015-yil.
  6. „Michael Rensing“ (olmoncha). kicker.de. Olympia Verlag. Qaraldi: 27-avgust 2015-yil.
  7. „Michael Rensing“ (olmoncha). kicker.de. Olympia Verlag. Qaraldi: 27-avgust 2015-yil.
  8. „Michael Rensing“ (olmoncha). kicker.de. Olympia Verlag. Qaraldi: 27-avgust 2015-yil.
  9. „Bayern Munich vs Arminia Bielefeld“. guardian.co.uk (15-aprel 2006-yil). 2010-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2010-yil.
  10. „Bayern Stay Four Clear“. sportinglife.com. 2011-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2010-yil.
  11. „Michael Rensing“ (olmoncha). kicker.de. Olympia Verlag. Qaraldi: 27-avgust 2015-yil.
  12. „Michael Rensing“ (olmoncha). kicker.de. Olympia Verlag. Qaraldi: 27-avgust 2015-yil.
  13. „Foxes look at Rensing“. Sky Sports (1-noyabr 2010-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2010-yil.
  14. „Arbeitsloser Rensing sagt Leicester City ab“ (olmoncha). Focus (9-noyabr 2010-yil). 2019-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2010-yil.
  15. „FC verpflichtet Michael Rensing“ (olmoncha). 1. FC Köln (21-dekabr 2010-yil). 2010-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-dekabr 2010-yil.
  16. „Michael Rensing“ (olmoncha). kicker.de. Olympia Verlag. Qaraldi: 27-avgust 2015-yil.
  17. 17,0 17,1 „Michael Rensing“ (olmoncha). kicker.de. Olympia Verlag. Qaraldi: 27-avgust 2015-yil.
  18. „Rensing, Michael“ (olmoncha). Olympia Verlag. Qaraldi: 10-iyul 2014-yil.
  19. „Michael Rensing“ (olmoncha). kicker.de. Olympia Verlag. Qaraldi: 27-avgust 2015-yil.
  20. „Michael Rensing“ (olmoncha). Olympia Verlag. Qaraldi: 10-noyabr 2014-yil.
  21. „Michael Rensing“ (olmoncha). kicker.de. Olympia Verlag. Qaraldi: 1-fevral 2018-yil.
  22. „Michael Rensing“ (olmoncha). kicker.de. Olympia Verlag. Qaraldi: 1-fevral 2018-yil.
  23. Lyon, Sam. „Bayern Munich 0–2 Inter Milan“. BBC Sport (22-may 2010-yil). Qaraldi: 31-may 2021-yil.