Mirza Saidovich Ahmedov —  Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Mirza Saidovich Ahmedov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1900-yil
Хо‘jand
Vafoti 1967-yil 14-yanvar
Тoshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Mirza Saidovich Ahmedov 1900-yilda Xoʻjandda (Tojikiston Respublikasi) tugʻilgan. 1928-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

Ahmedov 1918-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1918-1956-yillarda — Oʻrta Osiyoda Oktabr inqilobi ishtirokchisi, Xoʻjand inqilobiy qoʻmitasi aʼzosi, Xoʻjand okrug ijroiya qoʻmitasi boʻlim mudiri, Andijon paxtani qayta ishlash zavodi direktori, Gʻallaorol tuman partiya komiteti kotibi, Sirdaryo tuman partiya qoʻmitasi kotibi, Oʻzbekiston SSR sovxozlari xalq komissari (1943—1946-yillarda), sovxoz direktori lavozimlarida mehnat qilgan.

Shuningdek, Mirza Saidovich SSSR Oliy Kengashining 3-chaqiriq deputati etib saylangan.

Taniqli iqtisodchi, davlat va siyosat arbobi Mirza Ahmedov 1967-yilda Toshkentda vafot etgan.

Havolalar tahrir