Mirzo Husayn Afandi Qayibov (ozarbayjoncha: میرزا حسین‌ افندی غائبوف; ozarbayjoncha: Mirzə Hüseyn Əfəndi Qayıbov) – adabiyotshunos, publitsist, maʼrifatparvar va Kavkaz muftiysi (1884–1917)[1]. Ozarbayjon adabiyotiga oid 4 jildlik asar muallifi.


Mirzo Husayn Afandi Qayibov

Qayibov 1915-yilda
Unvoni Kavkaz muftiysi
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 24-aprel 1830-yil
Vafoti 20-fevral 1917-yil(1917-02-20)
(86 yoshda)
Dini Islom
Maktab Sunniylik
Kasbi adabiy tandiqchi, publisist, maʼrifatparvar

Yoshligi tahrir

Mirzo Husayn 1830-yilda Aşağı Salahlı qishlogʻida tugʻilgan. Otasi Mulla Yusuf qishloq mullasi edi. Ammo u yoshligida yetim qolib, qishloq mullasi – amakisi Ibrohim qoʻlida ulgʻaygan. Boshlangʻich taʼlimni ustoz Muhammad Musazodadan olgan. Diniy ilmlarni, arab, fors va turk tillarini, Sharq adabiyoti va tarixini yaxshi bilgan. Oʻqishni tugatgach, 1847–1857-yillarda oʻz ona qishlogʻida oʻqituvchi boʻlib ishladi.

Faoliyati tahrir

Qayibov 1857-yil 25-iyulda Kavkaz muftiysi Muhammad Afandi (1857–1872) huzurida Tbilisidagi uch yillik musulmon maktabida ishga qabul qilingan[2]. 1858-yilning fevralida u bu yerda shariat va sharq tillaridan dars bera boshlagan. U bu davrda Tbilisida yashagan Kavkazning koʻzga koʻringan ziyolilari boʻlgan Mirza Oxundov va Chavchavadzelar bilan doʻstlashgan. 1864-yil 31-yanvardan 1858 rubl ish haqi bilan gubernatorlik kotibi lavozimiga koʻtarilgan. 1878-yil 16-fevralda faol korpus qoʻmondoni ixtiyorida turk tilidan tarjimonlik qilish uchun Arzirumga yuborilgan[2].

Keyinchalik 1879-yilda Kavkazorti oʻqituvchilar seminariyasiga ishga oʻtdi. Tbilisida oʻz mablagʻi hisobidan kambagʻallar uchun maktab ochgan va arab va fors tillaridan birinchi muallim ishlagan. Keyinchalik, 20-asr boshlarida uni kengaytirib, olti sinfli „Muftiy-islom maktabi“ga aylantirgan. 1883-yilgacha oʻz faoliyati davomida 43 nafar ozarbayjonliklarga stipendiyalar ajratgan[3]. 1883-yil oxirida muallimlikdan boʻshagan va Kavkaz muftiysi etib tayinlangan.

1917-yil 20-fevralda vafot etdi. Uning vafotidan keyin imperator tuzumi qulashi tufayli Kavkaz diniy boshqarmasi oʻz funksiyasini yoʻqotdi[4].

Ishlari tahrir

Qayibov bir qancha maqola va kitoblar muallifi sifatida ham tanilgan. Musulmon madrasasiga yangi kelganlar uchun matematikadan „Masaili-ammil-hesab“ (Arifmetikaning umumiy masalalari) darsliklari va „Mabdei-talimi-sibyon“ (Oʻsmirlar uchun boshlanish) lingvistik asarini tayyorlagan. U 9 qismdan iborat „Tövsiyyətnamə“ (Tavsiyalar) kitobini yozib, unda koʻplab maqol, topishmoqlar, hikmatli soʻzlarni toʻplagan.

Ozarbayjon adabiyotiga oid 4 jildlik asarida ham Adolf Berge bilan hamkorlik qilgan. Kitobda XVIII-XIX asrlarda yashab oʻtgan 109 nafar ozarbayjon shoirlarining ijodidan namunalar keltirilgan. Kitob 1868-yilda Leipzigda nashr etilgan[5]. Qayibovning boshqa asarlari:

  • „Zübtədül-Əhkamuş-şəriyyə“ (Shariat boʻyicha tanlangan hukmlar)
  • „Nümuneyi-ləhceyi-Azərbaycan“ (Ozarbayjon dialektlaridan namunalar)
  • „Müqəddəs tarix və sərfnəhv“ (Muqaddas tarix)[6]
 
Qayibov 1896-yilda

Manbalar tahrir

  1. Azerbaijan MOE. „Təqvim 24-26 may“. medeniyyet.az (2011-yil 21-may). 2021-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-yanvar.
  2. 2,0 2,1 „The record of the Transcaucasian Mufti and the staff supervisor of the Tiflis Muslim School Omarov teachings of the State Councilor Huseyn-Effendi Gaibov“. Russian Perspectives on Islam. Qaraldi: 2021-yil 23-iyun.
  3. Mardanov, Misir. Azərbaycan təhsil tarixi. Bakı: Təhsil, 2011. 
  4. ДЕМЧЕНКО. „Муфтий, совместивший веру и знания“. www.anl.az. Qaraldi: 2021-yil 23-iyun.
  5. Bergé, Adolf. Dichtungen transkaukasischer Sänger des XVIII. und XIX. Jahrhunderts in adserbeidshanischer Mundart. Leipzig: Metzger & Wittig, 1868. OCLC 248435349. 
  6. M.Sultanov. „Şəmistan Nəzirli arxivlərinin sirri açılır“. azkurs.org (2011-yil 23-iyul). 2021-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-yanvar.