Mohammad Gawdat (arabcha: محمد جودت) — misrlik tadbirkor va yozuvchi. Google X kompaniyasining sobiq bosh direktori va Solve for Happy[1][2] va Scary Smart kitoblarining muallifi[3].

Mo Gawdat

Mo Gawdat (2022-yil)
Tavalludi 20-iyun 1967-yil (1967-06-20) (56 yosh)
Fuqaroligi Misr, AQSh va Saudiya Arabistoni
Taʼlimi Maastricht menejment maktabi
Kasbi Muallif, tadbirkor

Yoshligi tahrir

Gavdat Misrda qurilish muhandisi va ingliz professori oilasida tugʻilgan. Texnologiyaga boʻlgan qiziqishi bilan tengdoshlari orasida ajralib turgan[4].

Gavdat muhandis boʻlib, Gollandiyadagi Maastricht menejment maktabi magistranti hisoblanadi[5].

Solve for Happy: Engineering Your Path to Joy (2017) kitobining muallifi. 2014-yilda vafot etgan o‘g‘li Aliga bag‘ishlangan ushbu kitobda umidsizlikni boshqarish va oldini olish usullari ochiqlab berilgan[6].

Gawdat 2021-yilda Scary Smart: The Future of Artificial Intelligence and How You Can Save Our World nomli kitobini Macmillan nashriyoti yordamida chop ettiradi[7].

Shaxsiy hayoti tahrir

Gawdat universitetda tanishgan rafiqasi Nibal bilan ajrashgan. Ularning Aya ismli qiz farzandlari bor. Oʻgʻli Ali esa 2014-yilda appendektomiya oqibatida vafot etgan[4].

Manbalar tahrir

  1. Blair, Olivia. „One manʼs mathematical formula for happiness“, The Independent, 11 April 2017.
  2. Tucker, Ian. „Google's Mo Gawdat: 'Happiness is like keeping fit. You have to work out'“. The Guardian (2017-yil 30-aprel). Qaraldi: 2017-yil 11-may.
  3. „Book Review“. eandt.theiet.org (2021-yil 4-oktyabr).
  4. 4,0 4,1 Rifkind, Hugo. „Can this man save the world from artificial intelligence?“. The Times (2021-yil 29-sentyabr).Rifkind, Hugo (29 September 2021). „Can this man save the world from artificial intelligence?“. The Times.
  5. Spiegelberger. „DIE KONSTRUKTION VON GLÜCK“. Forbes (2021-yil 10-avgust).
  6. Joung, Frank. „Formel für Zufriedenheit "Glück ist, wenn das Gehirn die Klappe hält"“ (de). Spiegel Online (2017-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 22-dekabr.
  7. „Scary Smart“. panmacmillan.com. 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.