Morgan Anthony Gibbs-White (talaffuzi: Morgan Entoni Gibbs-Uayt) (2000-yil 27-yanvarda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Morgan Gibbs-White Premer-liga vakili „Nottingham Forest“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[4].

Morgan Gibbs-White
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Morgan Anthony Gibbs-White[1]
Tavallud sanasi 27-yanvar 2000-yil (2000-01-27) (24 yosh)[2]
Tavallud joyi Stafford, Angliya
Boʻyi 1.71 m[3]
Ampluasi hujumkor yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nottingham Forest
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008—2017 Wolverhampton Wanderers
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017—2022 Wolverhampton Wanderers 68 (1)
2020—2021Swansea City (ijara) 5 (1)
2021—2022Sheffield United (ijara) 35 (11)
2022 Nottingham Forest 5 (0)
Milliy terma jamoa
2016

Angliyaning 16 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
3 (1)
2016—2017

Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
13 (3)
2018

Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
2 (1)
2018—2019

Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
10 (1)
2019

Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
10 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 20-avgust uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Wolverhampton Wanderers tahrir

Morgan Gibbs-White 8 yoshida „Wolverhampton“ futbol klubi safiga kelib qoʻshilgan va klub akademiyasida barcha yosh guruhlarida oʻynagan[5]. Morgan Gibbs-White 2017-yilning 7-yanvarida Angliya kubogi 3-bosqichida Premer-liga vakili „Stoke City“ futbol klubi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda Joe Mason oʻrniga 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 16 yoshida jamoadagi debyut oʻyinini oʻtkazgan[6].

2018-yilning yanvarida Morgan Gibbs-White 2022-yilning yoziga qadar klubda qoladigan shartnoma imzolagani malum boʻldi[7]. Morgan Gibbs-White Premer-ligadagi ilk uchrashuvini 2018—2019-yilgi mavsumning dastlabki uchrashuvida „ Everton“ futbol klubiga qarshi kechgan oʻyinda oʻtkazdi[8].

COVID-19 pandemiyasi paytida Morgan Gibbs-White 2020-yil may oyida Londondagi ziyofatda qatnashib hukumat qoidalarini buzgani uchun klub tomonidan intizomiy jazoga tortildi[9][10].

2020-yilning 25-avgustida Morgan Gibbs-White 2020—2021-yilgi mavsum uchun Chempionat vakili „Swansea City“ futbol klubiga ijaraga oʻtishdan oldin „Wanderers“ futbol klubi bilan uch yillik yangi shartnoma imzoladi[11][12]. Morgan Gibbs-White 12-sentyabr kuni „Preston North End“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (1:0) „Swansea“ futbol klubi safidagi ilk golini kiritdi[13]. Morgan Gibbs-White 3-oktyabr kuni „Swansea“ klubining „Millwall“ futbol klubiga qarshi uy oʻyinida oyogʻini sindirib, mavsumning uch oyini oʻtkazib yubordi[14]. Morgan Gibbs-White 2021-yil 2-yanvarda „ Watford“ klubiga qarshi oʻyinda (2:1) maydonga qaytdi[15][16].

Morgan Gibbs-White 2021-yil 31-avgustda 2021—2022-yilgi mavsum uchun „Sheffield United“ futbol klubiga ijara asosida qoʻshildi[17]. Morgan Gibbs-White „Sheffield United“ futbol klubidagi debyut oʻyinini 2021-yil 11-sentyabrda „Peterborough United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (6:2 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi[18].

Nottingham Forest tahrir

2022-yilning 19-avgustida Morgan Gibbs-White „Nottinham Forest“ futbol klubi safiga oʻtdi va klub rekordi boʻlgan transfer narxi 25 million funt sterling evaziga besh yillik shartnoma imzoladi[19][20].

Shaxsiy hayoti tahrir

Morgan Gibbs-White Stafford shahrida tugʻilib oʻsgan. Morgan Gibbs-White oʻz shahridagi ser Graham Balfour maktabida, keyinroq Shropshire shtatidagi Telford shahridagi Thomas Telford maktabida oʻqigan[21][22].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Wolverhampton Wanderers 2016—2017[23] Chempionat 7 0 1 0 0 0 8 0
2017—2018[24] 13 0 2 0 0 0 15 0
2018—2019[25] Premer liga 26 0 3 0 2 0 31 0
2019—2020[26] 7 0 1 0 1 0 7 1 16 1
2020—2021[27] 11 1 2 0 13 1
2021—2022[28] 2 0 1 1 3 1
2022—2023[29] 2 0 2 0
Total 68 1 9 0 4 1 7 1 88 3
Wolverhampton Wanderers 2016—2017[23] 4 0 4 0
Swansea City (ijara) 2020—2021[30] Chempionat 5 1 1 0 6 1
Sheffield United (ijara) 2021—2022[31] Chempionat 35 11 0 0 2 1 37 12
Jami 108 13 9 0 5 1 13 2 135 16

Yutuqlar tahrir

Wolverhampton Wanderers

  • EFL chempionati: 2017—2018[32]

individual

  • Sheffild Yunayted yilning eng yaxshi futbolchisi: 2021—2022
  • Sheffild Yunayted yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2021—2022

Manbalar tahrir

  1. „Premier League clubs publish 2019/20 retained lists“. Premier League (26-iyun 2020-yil). Qaraldi: 12-iyul 2020-yil.
  2. „Morgan Gibbs-White“. 11v11. Qaraldi: 12-oktabr 2019-yil.
  3. „Morgan Gibbs-White“. Nottingham Forest F.C.. Qaraldi: 5-oktabr 2022-yil.
  4. „Morgan Gibbs-White“. Football Association.[sayt ishlamaydi]
  5. „Wolverhampton Wanderers FC Academy player profiles“. Wolverhampton Wanderers F.C.
  6. „Stoke 0–2 Wolves“. BBC Sport (7-yanvar 2017-yil).
  7. „New contract for Gibbs-White“. Wolverhampton Wanderers F.C (29-yanvar 2018-yil).
  8. „Gibbs-White: Debut fires aim to match Wolves stars“. Premier League (30-oktabr 2018-yil).
  9. „Morgan Gibbs-White: Wolves midfielder facing disciplinary action after alleged lockdown breach“. BBC Sport (12-may 2020-yil).
  10. Edwards, Joe. „Wolves boss Nuno: We have given Morgan Gibbs-White a second chance“. Express & Star (19-iyun 2020-yil).
  11. „Morgan Gibbs-White: Wolves midfielder joins Swansea City on loan“. BBC Sport (25-avgust 2020-yil).
  12. „New contract and loan move for Gibbs-White“. Wolverhampton Wanderers F.C (25-avgust 2020-yil).
  13. „Preston 0–1 Swansea“. BBC (12-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2020-yil.
  14. Edwards, Joe. „Wolves' Morgan Gibbs-White suffers injury on loan at Swansea“. Express & Star (16-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 8-yanvar 2021-yil.
  15. Pritchard, Dafydd. „Swansea City 2–1 Watford: Jamal Lowe brace takes Swansea up to second“. BBC Sport (2-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 9-yanvar 2021-yil.
  16. „Games played by Morgan Gibbs-White in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 9-yanvar 2021-yil.
  17. „MGW arrives on deadline day“. Sheffield United F.C. (31-avgust 2021-yil).
  18. „Sheffield United 6–2 Peterborough United:Blades thrash Posh for first Championship win of season“. BBC Sport (11-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2021-yil.
  19. Club. „Morgan Gibbs-White signs for Forest“. Nottingham Forest Football Club.
  20. „Forest sign Gibbs-White for £25m plus add-ons“.
  21. „Wolves' Morgan Gibbs-White back from conquering the world“. Shropshire Star (3-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 21-avgust 2019-yil.
  22. Dicken, Alex. „Who is Morgan Gibbs-White? Meet the wonderkid all Wolves fans are raving about“. Birmingham Mail (25-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 21-avgust 2019-yil.
  23. 23,0 23,1 „Games played by Morgan Gibbs-White in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 17-may 2019-yil.
  24. „Games played by Morgan Gibbs-White in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 3-noyabr 2018-yil.
  25. „Games played by Morgan Gibbs-White in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 17-may 2019-yil.
  26. „Games played by Morgan Gibbs-White in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 26-iyul 2019-yil.
  27. „Games played by Morgan Gibbs-White in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 7-yanvar 2021-yil.
  28. „Games played by Morgan Gibbs-White in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 16-avgust 2021-yil.
  29. „Games played by Morgan Gibbs-White in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
  30. „Games played by Morgan Gibbs-White in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 22-noyabr 2020-yil.
  31. „Games played by Morgan Gibbs-White in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2-sentabr 2021-yil.
  32. Football Yearbook 2018–2019 Anderson: . London: Headline Publishing Group, 2018 — 386–387 bet. ISBN 978-1-4722-6106-9.