Mugʻaylon(mugʻilon) soʻzi eski oʻzbek tiliga fors-tojik tilidan oʻtib oʻzlashgan. Qadimgi turkiy yozma manbalarda qayd qayd etilmagan. Alisher Navoiy asarlatida mugʻilon-mugʻaylon shakllarida keladi: Guli maqsud ul qondur, Navoiykim, ayogʻingdin, Chiqar chekkanda maqsad kaʼbasi xori mugʻilonin. (Gʻaroyib us-sigʻar , 458)

Etimoni tahrir

Soʻzning etimoni haqida maʼlumotlar yoʻq. Eski tojik tilida mugʻeylon shaklida qoʻllanib,Arabiston sahrolarida oʻsuvchi tikanli daraxt maʼnosini anglatadi.

Maʼno va morfemik qismlari tahrir

Hozirgi eroniy va oʻzbek tilida qoʻllanmaydi. Mugʻaylon-mugʻilon bir soʻzning ikki xil shakli boʻlib, ularning bir umumiy asosi - mugʻ dir. Ikkinchi morfema — aylon — ilon maʼnosini yozma manbalardagi faktlar asosida aniqlay olinmagan. Bosh morfema mugʻ koʻpgina maʼnolarni bildiradi. Bu soʻz tarkibida mugʻ morfemasining leksik maʼnosi qizil, qizilga oʻxshash, qizilga monand, ikkinchi qoʻshma morfema -(gʻ)ilan, -(gʻ)aylon oʻsimlik nomini atab, mugʻilon-mugʻaylon qizil rangli tikonli daraxt yoki oʻsimlik demakdir.

Manbalar tahrir

[1]

  1. Vafoyev, Bahrom. O'simliklar nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 62-63 bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.