Muhammad Olim (14–15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan samarqand­lik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Mirzo Ulugʻbekka hamsaboq va musohib boʻlgani, qoʻrqmas va betakalluf kishi ekani, sultonning suhbatlarida oʻzini gʻoyat beandisha tutganligi uchun Mirzo Ulugʻbek uni Samarqanddan surgun qilgani va Hirotga kelib, shu yerda vafot etganligini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning quyi­dagi bayti keltirilgan:

Mo siyahbaxtemu badroʻzemu axtarsoʻxta,

Shamʼi maqsude ba umri xud shabe nafroʻxta.

Mazmuni: Biz baxti qaro, yomon kunga qolgan va yulduzi soʻngan kishimiz; butun umrimiz davomida biror kecha ham maqsadimiz shami yonmagan[1][2].

Manbalar tahrir

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.