Muhammadiya (tatarcha: Мөхәммәдия, tatarcha: Möxämmädiä, arabcha: مرجانیة) Qozondagi madrasa boʻlib, Ğälief masjidi [tt] qoshida joylashgan.

Sobiq madrasa binosi

Tarixi tahrir

Muhammadiyaga 1882-yilda Zaynulla Rasulef koʻmagida Ğalimcan Barudi tomonidan asos solingan. Madrasa binosi oʻz mablagʻlari hisobidan qurdilgan savdogar Möxämmätcan Gäilef sharafiga shunday nom olgan. Muhammadiyaning yagona rahbari Ğalimcan Barudi edi; u yoʻqligida uning vazifalarini kichik ukasi Ğabdraxman bajargan.

20-asr boshlariga kelib, Muhammadiya Idel-Ural mintaqasidagi eng katta madrasa boʻlib, unda 800 ga yaqin[1] shogird bir vaqtning oʻzida tahsil olgan. Uning taʼlim dasturlari va oʻquv jarayonini tashkil etishi mintaqasidagi koʻplab madrasalar uchun namuna boʻlgan. Madrasada diniy fanlardan tashqari, tatar va rus tillari, matematika, geografiya, tabiiy fanlar, tibbiyot, gigiena, umumiy tarix, tatar xalqi va Rossiya tarixi, pedagogika va boshqa dinga aloqador boʻlmagan fanlar oʻqitilgan.

Taniqli oʻqituvchilar va talabalar tahrir

  • Oʻqituvchilari: Ğäziz Ğöbäydullin, Borhan Shäräf, Äxmätcan Mostafin, Käshshaf Tärcemani, Äbübäker Teregulof, Säyetgäräy Alkin, Yosif Aqchura va boshqalar.
  • Fatix Amirxon, Xuca Bädiği, Majid Gofuriy, Gäliäsgʻar Kamol, Boqi Urmanche, Kärim Tiñchurin, Xösäyen Yamashef, Näqi Isänbät Möxämmädiyaning mashhur shogirdlaridandir.

Manbalar tahrir

  1. „Мөхәммәдия мәдрәсәсе“ (ru-RU). nur.tatar (2021-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.

Havolalar tahrir


Koordinatalari: 55°46′55″N 49°06′39″E / 55.7820°N 49.1108°E / 55.7820; 49.1108 G O