Munozara:Tarjima haqida tushuncha va ertakdagi iboralarning tarjimada qo'llanilishi

Kirish qism tahrir

Ushbu maqolada tarjima nazariyasi va uni amaliyotda tadbiq etish, hamda uning inson hayotidagi oʻrni qanchalik muhim ekanligi haqida soʻz yuritiladi. Bundan tashqari maqola ertaklardagi iboralarning tarjimasini ham ochib berishga harakat qiladi.

Kalit soʻzlar: tarjima nazariyasi, ertak, leksik, semantik, ifoda, resurslar, janr, ibora (fraza). Gʻaybulla Salomov shunday deydi: „Tarjima keng maʼnoda ijodkorlik, ammo u asarni oʻzgartiradigan ijodkorlik emas“. Bu „Oʻzgalar orqali oʻzini va oʻzi orqali oʻzgalarni namoyish etish sanʼatidir“. (X.Karamatov & N.Komilov & S.Umirov, 2002, 25-bet),

Asosiy qism tahrir

Tarjima soʻzi arab tilidan olingan boʻlib, „bir tildan ikkinchi tilga agʻdarish, oʻgirish“ degan maʼnoni anglatadi. Shunga oʻxshash yana bir soʻz „metaphrasis“ Qadimgi Gretsiya dan kelib chiqqan soʻz boʻlib, „ketma-ket“ degan maʼnoni bildiradi va bu soʻzma-soʻz tarjimani hosil qiladi. Tarixan bu atamalar tarjima nazariyasining asosidir. Tarjima nazariyasining asosiy maqsadi bir necha turdagi matnlarni tarjima qilish usullarini aniqlashdan iborat. U tarjima nazariyasida koʻrsatilgan matnga mos variantlar tanlashda turli xil qoida, tamoyillar tarjima boʻyicha olimlarning turli xil fikrlari haqida maʼlumot beradi. (I.Gʻafurov, O.Moʻminov, N.Qambarov, 2012, 18-bet). Tarjima haqidagi ilk fikrlar Qadimgi Rimda paydo boʻlgan. Bundan tashqari Aristotel, Sitseron, Goratsiylar tarjimaning dastlabki namoyondalari va ular soʻzma-soʻz tarjima qilishdan koʻra koʻproq uning maʼnosini yoritishni yoqlaganlar. Hozirda bizgacha yetib kelgan maʼlumotlarga koʻra dastlabki tarjimonlar Misr va Mesopatamiyadan boʻlgan, ammo ularni kimligi va tarjimalari haqida hech qanday maʼlumot yoʻq. Tarjima nazariyasiga toʻxtaladigan boʻlsak, avvalo, tarjima nazariyasi haqidagi fikrlarga razm solaylik:"Inson faoliyatining murakkab shakli boʻlmish tarjima bir tilda yaratilgan nutqiy ifodani (matnni), uning shakli va mazmun birligini saqlagan holda, oʻzga til vositalari asosida qayta yaratishdan iborat ijodiy jarayon"(Musaev Qudrat, 2005, 8-bet). Buyuk tarjimashunos olim Qudrat Musayevning yuqorida keltirilgan oltinga teng gaplarida qanchadan-qancha maʼno jamlangan. Qudrat Musayev tarjimani inson faoliyatining murakkab shakli va ijodiy jarayon deb ataydi va mana shu ijodiy jarayonda tarjimondan oʻz ishiga mas’uliyatli boʻlishini taʼkidlaydi. Chunki maʼlum bir tildagi matnni boshqa bir tilga uning mazmuni va shakli saqlangan holda oʻgirish (tarjima qilish) katta mahorat talab qiladi. Tarjima nazariyasi tarjimaning muayyan jonli tasviri, uni uygʻunlashtiruvchi vositasi tamoyillari, qoidalari va oʻz qarashlarini oʻzida aks ettiruvchi omil. Gʻaybulla Salomovning „Tarjima nazariyasi asoslari“ (1983 y.), „Til va tarjima“ (1996 y.), „Tarjima tashvishlari“ (1983 y.) singari ilmiy-nazariy kitoblari chop etilgan (I.Gʻafurov & O.Moʻminov & N.Qambarov, 2012, 17-bet). Tarjima inson hayotida katta rol oʻynaydi, nega deganda tarjima muayyan bir mamlakatni madaniyatini, yashash tarzini, anʼana va urf-odatlarini oʻzida mujassamlashtirgan boʻladi. Masalan biz, har birimiz oʻsishni, rivojlanishni, muvaffaqiyatga erishishni xohlaymiz va shuni aytib oʻtish kerakki, inson oʻz qobigʻiga oʻralib turib rivojlana olmaydi. Tabiiyki, boshqa xalqlarni yutugʻini, tajribalarini, qanday tarixni boshidan kechirgani, kamchiligi va qanday qilib muvaffaqiyatga erishgani va hokazolarni tarjimonlar qilgan tarjimalari orqali bilib olishimiz mumkin. Shu yoʻsinda bizda rivojlanishga va dunyo qarashimizni oʻzgartirish emas kengaytirishga imkon beradi.

Ertak – xalq ogʻzaki ijodining eng qadimgi namunasi sanaladi. Olimlarning aytishicha, xalq ogʻzaki ijodining barchasida bir-biriga yaqin turgan janr bu ertak. Bilamizki, ertaklar tarbiyaviy jihatdan oʻrni beqiyosdir. Chunki ertaklar nafaqat bolalarni balki, kattalarni ham toʻgʻri yoʻlga boshlovchi omil sanaladi. Bundan tashqari olimlar shuni ham aytib oʻtishganki, ertaklarning tasavvur, adabiyot, falsafa va sanʼatni rivojlantirishda katta oʻrni bor. Faktlarga qaraganda, Angliya ertaklarning vatani sanalar ekan.

Ertakdagi iboralar tahrir

Ertaklarning boshlanish nuqtasida turli xil atamalardan keng foydalaniladi. Masalan, oʻzbek xalq ertaklarida „Bir bor ekan, bir yoʻq ekan“ iborasi ingliz tilida „Once upon a time“ deb tarjima qilinsa maqsadga muvofiq boʻladi. Odatda ertaklarning boshlanishi va tugashida maxsus soʻzlar va iboralardan foydalaniladi. Shulardan baʼzilarini keltirib oʻtamiz:

•In a far-far away land– uzoq-uzoq oʻlkada

•Once upon a time – bir paytlar, bir bor ekan, bir yoʻq ekan

•There once was – bu yerda bir … bor edi

•Long long time ago – qadim-qadim zamonda

•They lived happily ever after – shu bilan baxtli hayot kechirishibdi

•They lived many many joyous years – ular uzoq yillar baxtli yashashibdi Give feast 40 nights and 40 days – 40 kechayu 40 kunduz toʻy bermoq. Yuqoridagi iboralardan shuni bilsak boʻladiki, nafaqat ertaklarda balki, boshqa matnlarda ham tarjimaning oʻrni nihoyatda katta.

Xulosa tahrir

Xulosa oʻrnida shuni aytish kerakki, tarjima bizni xalqlarga, xalqlarni esa bizga tanitadi. Chunki har bir xalqning oʻz urf-odatlari, anʼanalari, bayramlari, qonunlari, tarixi va adabiyoti bor. Tarjima esa vosita vazifasini bajaradi. Tarjimaning ertakdagi iboralari va soʻzlar tarjimasidagi ahamiyatini ham koʻrib chiqdik. Yuqorida koʻrib oʻtganlarimiz shuni koʻrsatadiki, tarjima bizga suv va havodek zarur, chunki taʼlim sohasida, madaniy aloqalarda, savdo-sotiq (import-export) qilishda va bir qancha sohalarda tarjimaning hissasi tengsizdir.

Manbalar tahrir

Tarjima nazariyasi asoslari. Qudrat Musayev (2005-yil)

qambarov.pdf Tarjima nazariyasi. I.Gʻafurov, O.Moʻminov, N.Qambarov (2012-yil)

Foydalanilgan adabiyotlar tahrir

1. I.Gʻafurov, O.Moʻminov, N.Qambarov. (2012). „Tarjima Nazariyasi“. „Tafakkur Boʻstoni“. Toshkent. (17 −18-bet).

2. Gʻaybullox as – Salom zamondoshlari xotirasida. (2002). T: „Toshkent islom universiteti“ nashriyoti. (25-bet). X.Karamatov & N.Komilov & S.Umirov.

3. Musaev Qudrat. (2005). Tarjima nazariyasi asoslari: Darslik. T .:"Fan" nashriyoti. (8-bet). Toshkent.

Havolalar tahrir

Tarjima nazariyasi haqida tushuncha 2023-yil, 16-sentabr

Ertak tushunchasi 2023-yil, 30-noyabr

„Tarjima haqida tushuncha va ertakdagi iboralarning tarjimada qo'llanilishi“ sahifasiga qaytish.