Mushuklar va itlar oʻzaro taʼsir doirasiga ega[1]. Har bir turning tabiiy mayllari ikki tomonlama dushmanona munosabatlarga olib keladi. Lekin baʼzi hayvonlar bir-biri bilan tajovuzkor boʻlmagan munosabatlarga ega boʻlishi mumkin, ayniqsa odamlar taʼsirida boʻlgan hayvonlarda.

It va mushukning yuzma-yuz holati. Rasmda mushuk va itning dushmanona munosabatini kuzatishimiz mumkin.
Rasm mushukcha va itning doʻstona munosabatlarini koʻrsatmoqda.
Toʻrtta mushuk va it birga oʻtirishmoqda.

Turlarning umumiy tajovuzkor oʻzaro taʼsiri madaniy ifodalarda qayd etilgan. Uyda odam tomonidan tarbiyalangan va qoʻlga oʻrgatilgan it va mushuklar bir-biri bilan yaxshi munosabatda boʻladi, ayniqsa egasi ularga yaxshi gʻamxoʻrlik qilsa.

Munosabatlar doirasi tahrir

 
Mushukcha koʻcha iti bilan.

Mushuk va itlarning muloqot qilish uchun ishlatadigan signallari va xatti-harakatlar turli xil boʻlib, bular boshqa turlar tomonidan tajovuzkorlik, qoʻrquv, hukmronlik yoki doʻstlikning notoʻgʻri talqin qilinishiga olib kelishi mumkin[2]. Itlar oʻzlaridan kichik boʻlgan hayvonlarni taʼqib qiluvchi tabiiy instinktga ega, bu mushuklar orasida ham keng tarqalgan instinkt[3]. Aksariyat mushuklar itdan qochib ketishadi, baʼzilari esa pichirlash, orqalarini burish yoki tirnash kabi tajovuzkor harakatlarni bajaradilar[3]. Mushuk tomonidan tirnalganidan soʻng, koʻpchilik itlar mushuklardan qoʻrqishni boshlaydilar[4].

Agar toʻgʻri tahlil qilinsa, mushuklar va itlar bir-biriga dushmanona boʻlmagan munosabatlarga ega boʻlishi mumkin[4]. Mushuklar bilan oʻstirilgan itlar boshqa itlarga qaraganda mushuklarning mavjudligini afzal koʻrishlari mumkin[5]. Hatto, bir biriga ijobiy munosabatda boʻlgan bir xonadondagi mushuk va itlar ham, tashqi ogohlantirishlar, kasallik yoki oʻyin kuchayishi sababli tajovuzkor reaktsiyalarga qaytishi mumkin[6].

Madaniy taʼsir tahrir

"Mushuk va it kabi jang qilish" iborasi ikki tur oʻrtasidagi munosabatlarning antagonistik yaʼni dushmanona boʻlishiga tabiiy tendentsiyani aks ettiradi[7][8][9]. Boshqa iboralar va maqollar orasida „It kelmaguncha mushuk qudratli boʻladi“ va „Mushuk va it oʻpishishi mumkin, lekin hech qanday yaxshi doʻst emas"[10].

Yevgeniy Fildning itlar va mushuklar toʻgʻrisidagi „Duel“ nomli bolalar sheʼri mavjud boʻlib, bunda mushuklar va itlar oʻrtasidagi hayotiy munosabatlardan olingan holat „bir-birlarini yeb ketishgan'' kabi soʻzlar bilan ifodalaniladi[11]. Yana bir yozuvchi Fam Ekmanning “Kattens Skrekk" ("Mushukning dahshati") bolalar kitobida mushuk muzeyga tashrif buyurib, Mona Liza va Venera de Milo kabi barcha sanʼat asarlari itlar ishtirokidagi parodiyalar bilan almashtirilganini koʻradi. Oʻzgartirilmagan yagona asar „Qichqiriq“ boʻlib, u „koʻplab itlar oldida mushukning dahshatini anglatadi"[12]. Amerikaning "CatDog" animatsion teleserialida bosh qahramon — irsiy oʻzgargan jonzot — itning boshi tanasining bir tomonida, mushukning boshi esa boshqa tomonida boʻlgan mushukning sarguzashtlari tasvirlangan. Epizodlar koʻpincha „koʻp yugurish va quvish“ ni oʻzida mujassam etgan „mushuk va itlar qanday boʻladi“ mavzusida ijro etilgan[13].

2001-yilda chiqqan Mushuklar va itlar komediya filmlari va uning davomi Mushuklar va itlar: Kitti Galorening qasosi 2010- yilda chiqgan. Unda itlar va mushuklar o‘rtasidagi yuqorida qayd etilgan antipatiyani ikkalasi o‘rtasida keng ko‘lamli urushga aylantiradi va kuchaytiradi. Mushuklar odamlarning tashqi dushmani sifatida koʻrsatilgan, itlar esa odamlarga koʻproq hamdard boʻlib koʻrsatilgan[14]. Mashhur Tom va Jerri multfilmida bosh qahramon Tom mushuk va buldog Spike oʻrtasidagi ziddiyatning bir nechta holatlari mavjud. Serial it-mushukning salbiy munosabatlaridan foydalanadi va Jerri, Tomning Spike bilan toʻqnashuvi uchun vaziyatlar yaratib, oʻzining himoyasi uchun vosita sifatida foydalanadi.

Manbalar tahrir

  1. Mikkel Becker. „Cats and dogs can live together — with some help“. Today (2012-yil 6-may). Qaraldi: 2014-yil 25-iyun.
  2. Coren, Stanley „17 Are Dogs and Cats Incompetable (sic)“,. The Modern Dog: A Joyful Exploration of How We Live with Dogs Today. Simon and Schuster, 2 December 2008 — 139– bet. ISBN 9781416593683. 
  3. 3,0 3,1 Hotchner, Tracie. The Dog Bible: Everything Your Dog Wants You to Know. Penguin Group US, 3 November 2005 — 792– bet. ISBN 9781440623080. 2014-yil 23-iyunda qaraldi. 
  4. 4,0 4,1 Johnson-Bennett, Pam. Starting from Scratch: How to Correct Behavior Problems in Your Adult Cat. Penguin, 27 November 2007 — 294– bet. ISBN 9781101201817. 2014-yil 3-noyabrda qaraldi. 
  5. Houpt, Katherine A.. Domestic Animal Behavior for Veterinarians and Animal Scientists. John Wiley & Sons, 25 January 2011 — 227– bet. ISBN 9780470958438. 2014-yil 22-iyulda qaraldi. 
  6. Society, Best Friends Animal. Dog Tips From DogTown: A Relationship Manual for You and Your Dog. National Geographic Society, 19 October 2010 — 67– bet. ISBN 9781426206696. 2014-yil 22-iyulda qaraldi. 
  7. Lang, J. Stephen. 1,001 Things You Always Wanted To Know About Cats. John Wiley & Sons, 8 November 2004 — 322– bet. ISBN 9780764573248. 2014-yil 23-iyunda qaraldi. 
  8. Berger, Melvin. Can it rain cats and dogs?: questions and answers about weather. Scholastic Reference, 1999. ISBN 9780439146425. 2014-yil 22-iyulda qaraldi. 
  9. Lee, Kaiman. Cartoon-illustrated Metaphors: Idioms, Proverbs, Cliches, and Slang. Environmental Design & Research Ctr, 1 January 2003 — 92– bet. ISBN 9780915250486. 2014-yil 22-iyulda qaraldi. 
  10. Rogers, Katharine M.. The Cat and the Human Imagination: Feline Images from Bast to Garfield. University of Michigan Press, 1 March 2001 — 143– bet. ISBN 9780472087501. 2014-yil 22-iyulda qaraldi. 
  11. Bauer, Susan Wise. Writing with Ease. Peace Hill Press, 1 August 2008 — 160– bet. ISBN 9781933339290. 2014-yil 23-iyulda qaraldi. 
  12. Keyser, Elizabeth Lennox. Children's Literature. Yale University Press, 2001 — 186– bet. ISBN 9780300088915. 2014-yil 23-iyulda qaraldi. 
  13. Brooks, Tim. The Complete Directory to Prime Time Network and Cable TV Shows, 1946-Present. Random House Publishing Group, 24 June 2009 — 225– bet. ISBN 9780307483201. 2014-yil 23-iyulda qaraldi. 
  14. Peyton. „Cats & Dogs: The Revenge of Kitty Galore“. CD2 Films, Mad Chance, Polymorphic Pictures (2010-yil 30-iyul). Qaraldi: 2022-yil 6-sentyabr.