Muyassar Berdiqulova
Muyassarxon Tursunovna Berdiqulova (1968-yil Namangan viloyatida tugʻilgan) — Oʻzbek Milliy Akademik drama teatrida 2007-yilda buyon ishlab kelmoqda. 2013-yil „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻsatgan artist“ faxriy unvoni sohibasi
Ijodi tahrir
Berdiqulova Usmon Azimning „Oʻtgan zamon angomalari“da sotuvchi ayol, „Kunduzsiz kechalar“ida qiz, „Ogoh boʻling odamlar“ida Aziza, Valijon Umarovning „Ayolu“da Ayol, Abdulla Oripovning „Soibkiron“ida kanizak, Shukrulloning „asrat boi“da kotiba, Erkin Xushvatovning „Andishali kelinchak“ida Sumbilaxon, Munisaxon, „qirmizi olma“sida Sovchi, Zulxumor Soliyevaning „Bevalar“ida Raʼno, T.Mahmudov va D.Mamhudovalarning „Tortadurman jabrini“sida Oysara Shodieva, „Omonat dunyo“da Xotin-qizlar qoʻmitasi raisasi, „Uch kunlik dunyo“da Sharofat, V.Shekspirning „Yoz tuni gʻaroyibotlari“da Ippolitta, Erkin Aʼzamning „Talvasa“sida Klara, Jumaniyoz Jabborovning „Neksiya“sida Oydinxon, Hayitmat Rasulning „Oltin qiz“ida Munisa, Nurillo Abbosxonning „Tanho yulduzim“ida Manzura, „Oʻzbekcha raqs“ida vrach, Haydar Muxammadovning „Serhli quduqning siri“da enaga, qoʻchqor Norqobilning „Taqdir sinovlari“ida Sora, V.Delmarning „Omon boʻlgin, azizim“da Levitskaya, Lutfullo Maxmudovning „Imkon“ida Gulnafis, „Isnot“da Mastura Hamidovna, Sirojiddin Salohiddinovning „Bir qanotlilar“ida Amma, Rashod Nuri Guntekin „alala“sida Ruqiya, Sultonali Bolaboevning „Eng suluvli kelinchak“ida Zura, Farida Usmonovaning „Faridaning dil daftari“ida Amma kabi koʻplab obrazlar yaratdi.[1]
Seriallari tahrir
2010-yil Fitna
2013-yil Uy bekasi
2019-yil Zaharli tomchilar
2020-yil Qora atirgul
Kinolari tahrir
2004-yil Muhabbat sinovlari 2
2005-yil Kelgindi kuyov
2007-yil Yoʻqolgan odam
2007-yil Vijdon
2007-yil 18-kvadrat
2009-yil Uqubat
2010-yil Oʻyin ichida oʻyin
2010-yil Sevginator 2
2012-yil Yolgʻizginam
2012-yil Sevgi farishtasi
2013-yil Novda
2013-yil Janob hot-dogchi
2013-yil Kuyovmisan kuyov
2013-yil Xoʻrlanganlar
2013-yil Toʻqlikka shoʻxlik
2013-yil Zamonaviy sovchilar[2]
Manbalar tahrir
- ↑ „Muyassar Berdiqulova haqida, oilasi, instagram, rasmlari“. www.savol-javob.com. Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.
- ↑ „Muyassar Berdiqulova haqida“. /buluteka.com. 18-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.