Muzaffar Soliyev
Muzaffar Xoldarboyevich Soliyev (1975-yil 22-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi, 2021-2023-yillarda Nurafshon shahar hokimi, 2017—2021-yillarda Oʻzbekiston uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vaziri[1].
Muzaffar Xoldarboyevich Soliyev | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy, kommunal xizmatlar vaziri | |
Mansab davri 2017-yil 5-iyuldan – 2021-yil 14-yanvargacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Oripov |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | Sherzod Hidoyatov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
22-may 1975-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Maʼlumoti | Toshkent davlat texnika universiteti |
Unvoni | Polkovnik |
Biografiya tahrir
1997-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan[2].
1997—1999-yillarda Harbiy xizmat.
1999—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi moddiy-texnik va harbiy taʼminot xizmatlarida turli lavozimlarda ishlagan.
2015—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining oʻrinbosari boʻlgan.
2017-yil 5-iyulda „Oʻzkommunxizmat“ agentligi negizida tashkil etilgan Uy-joy, kommunal xizmatlar vazirligiga rahbar etib tayinlandi.
2021-yil 14-yanvarda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan „ishidagi kamchiliklar, qayta-qayta ogohlantirishlardan xulosalar chiqarilmaganligi uchun“ ishdan boʻshatilgan. Uning oʻrniga Sherzod Hidoyatov uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri etib tayinladi[3]
15-yanvar kuni Nurafshon shahar hokimi etib tayinlandi va 2023-yil 10-aprelda ushbu lavozimdan ozod qilindi[4].
Manbalar tahrir
- ↑ „Нурафшон шаҳри ҳокими Музаффар Солиев ишдан олинган“. kun.uz.
- ↑ „САЛИЕВ Музафар Холдарбаевич“. centrasia.org. Qaraldi: 2021-yil 4-mart.
- ↑ Kun uz. „Шерзод Хидоятов будет назначен министром жилищно-коммунального обслуживания“ (ru). Kun.uz. Qaraldi: 2021-yil 4-mart.
- ↑ „Нурафшон шаҳри ҳокими Музаффар Солиев ишдан олинди“ (ru-UZ).