Naxl soʻzi arab tili leksikasi boʻlib, eski oʻzbek tiliga bilvosita oʻtib oʻzlashgan. Eski tojik tilida naxl hozirgi eroniy tillarda :tojik tilida naxl, fors tilida naxl نخل , afgʻon tilida naxl نخل kabi shakllarda qoʻllanib, xurmo daraxti maʼnosini beradi. Qadimgi turkiy yozma manbalarda qayd etilmagan. Alisher Navoiy asarlarida ham naxl tarzida uchraydi:

May dema qushlar qanotingning yelidan boʻlgʻusi, Naxl qadding moyil oʻlmoq har taraf raftor aro. (Gʻaroyib us-sigʻar, 42)

Etimoni tahrir

Naxl soʻzining etimoni arab tilidagi نخل asosiga borib bogʻlanadi. Hozirgi arab tilida naxala نخل va naxl نَخْلٌ soʻzlari ekmoq maʼnosini bildiradi. Meva daraxti maʼnosini keltiruvchi نَخْلٌ soʻzi naxala, naxl — ekmoq, ekish soʻzi bilan bevosita bogʻliqdir. Xurmo daraxti tanasidan qalamcha usulidan koʻpaymasligidan, uning faqat danagi ekilib koʻpaytiriladi. Manashu biologik belgisi asosga olinib, ekiladigan daraxt maʼnosidadir.

Qoʻllanishi tahrir

Naxl soʻzi hozirgi oʻzbek tilida va boshqa hozirgi turkiy tillarda qoʻllanmaydi.

Manbalar tahrir

[1]

  1. Vafoyev, Bahrom. O'simliklar nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 66-67 bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.