Nazirqul Hasanov (1903-yil, Zomin, Jizzax – 1938-yil, Toshkent)[1] – Jizzax uyezdi shahar ijroiya qoʻmitasida kotibi. Samarqand okrugida yer-suv boʻlimi mudiri boʻlib ishlagan.

Nazirqul Hasanov
Tavalludi 1903-yil
Vafoti 1938-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi Sverdlov instituti
Faoliyat yillari 1920—1937

Hayoti tahrir

Nazirqul Hasanov 1903-yilda Jizzax viloyati Zomin tumani Yom qishlogʻida tugʻilgan. Otasi oddiy dehqon boʻlgan. 1914—1916-yillarda diniy taʼlim olgan. Undan soʻng Zomindagi rus tuzem bir yarim yil tahsil olgan. 1916-yildan oʻqishni tashlab dehqonchilik bilan shugʻullanishni boshlaydi. 1920-yilda VKP (b) aʼzosi boʻlgan. Shundan keyin Jizzax tumanidagi partiya qoʻmitasida, Surxondaryo va Samarqanddagi sovet tashkilotlarida mas‘ul lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Nazirqul Hasanov Sverdlov institutida sirtdan oʻqigan. 1923-yildan 1926-yilgacha Jizzax uyezdi shahar ijroiya qoʻmitasida kotib boʻlib ishlagan. 1928-yildan 1929-yilga qadar Samarqand okrug yer-suv boʻlimi mudiri lavozimida ishlagan. 1928—1930-yillarda Andijon okrugi partiya qoʻmitasining targʻibot va madaniyat boʻlimiga raislik qilgan. 1930—1933-yillarda Toshkentda Oʻzbekiston kolxozlar markaziy idorasi yaʼni „Oʻzkolxozstroy“ raisi boʻlgan. 1933-yildan Oʻzbekiston yer ishlari xalq Komissariga oʻrinbosar boʻlgan. 1934-yildan boshlab Xorazm okrug ijroiya qoʻmitasida rais sifatida faoliyat olib borgan. Nazirqul Hasanov tashabbusi bilan Xorazmdagi Urganch, Hazorasp, Xiva hamda Gurlan shaharlarida rus maktablari tashkil etilgan[2].

Vafoti tahrir

Nazirqul Hasanov 1937-yilda Xorazm okrugi NKVD boshqarmasi boshligʻi Kalmikov tomonidan qamoqqa olinadi. 1938-yil 2-noyabrda boʻlib oʻtgan sud yigʻilishida SSSR Jinoyat kodeksining 58-, 63-, 64-, 68-moddalari bilan aybdor deb topiladi va otuvga hukm qilinadi[3]. Vafotidan keyin mol-mulki musodara qilinadi.

Manbalar tahrir

  1. „Madrasalar qamoqxonaga aylangan zamon yoxud jizzaxlik Nazirqul Hasanovning ayanchli taqdiri xususida“. uzhurriyat.uz. Qaraldi: 12-sentabr 2023-yil.
  2. Bekmuhammad Umid. Qatag'on qurbonlari. Urganch, Xorazm nashriyoti, 2020 — 41 bet. ISBN 978-9943-6411-8-1. 
  3. Bekmuhammad Umid „Qаtаgʼon dаvr qurboni Nаzirqul Hаsаnovning hаyoti vа fаoliyati“. kh-davron.uz. Qaraldi: 12-sentabr 2023-yil.