Neʼmat Qoʻshoqov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Neʼmat Kazakbayevich Qoʻshoqov
Tavallud sanasi 15-fevral 1965-yil (1965-02-15) (59 yosh)
Tavallud joyi Qirgʻiziston SSR
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Alay
Raqami Murabbiy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990 Andijon 15 (2)
1992 Alay 11 (0)
1994 Oq Oltin 19 (2)
1995 Dinamo Osh 24 (2)
1996—2002 Dinamo Alay 143 (15)
2003 Dinamo UVD 22 (4)
2004 Neftchi Qoʻchqor-Ota 25 (3)
2006 Oq Bura
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Neʼmat (Neʼmatjon) Kazakbayevich Qoʻshoqov (1965-yil 15-fevral) — sovet va qirgʻiz futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan, hozirda murabbiylik faoliyati bilan shugʻillanadi.

Biografiya tahrir

Sovet davrida u asosan havaskor jamoalar musobaqalarida qatnashgan. SSSR musoboqlarida professional jamoalari darajasida u bor-yoʻgʻi bir mavsumni, 1990-yilda SSSR ikkinchi futbol ligasida Oʻzbekiston SSR vakili Andijonning „Spartak“ klubida oʻtkazdi. Andijon jamoasi tarkibida SSSR musoboqalarida 15 ta oʻyinda 2 ta gol urgan.

SSSR parchalanganidan keyin yangi tashkil etilgan Qirgʻiziston chempionati klublari safida oʻynagan. 1992-yilda ilk bor tashkil etilgan Qirgʻiziston chempionatida Oʻshning „Alay“ jamoasi tarkibida u chempionatning bronza medali sohibi va Qirgʻiziston Kubogi finalchisiga aylandi. 1994-yilgi mavsumda „Oq-Oltin“ (Qorasuv) jamoasida, keyin uzoq yillar O‘shning „Dinamo“/"Dinamo-Alay"/"Dinamo-UVD" jamoalarida toʻp surdi. Neʼmatjon bu davrlar oraligʻida Qirgʻiziston chempionatning bronza medali sovrindori (1996) va kubok finalchisi (1997, 1998, 2000) boʻldi. Keyinchalik Qirgʻiziston oliy ligasining boshqa jamoalari „Neftchi“ (Qoʻchqorota) va „Oq-Bura“ (Oʻsh) klublarida toʻp surgan.

Ko‘p yillar davomida u bolalar va oʻsmirlar sport maktabida, keyinchalik Asilbek Momunov nomidagi futbol akademiyasida bolalarga futboldan dars beradi[1]. U shuningdek Qirgʻiziston futbol ittifoqida texnik boʻlimi xodimi va murabbiylik kurslarida dars beradi[2].

2010-yillarning ikkinchi yarmida O‘shning „Alay“ jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan[3]. 2017-2019-yillarda „A“ darajadagi murabbiylik litsenziyasi sohibi bo‘lganligi sababli, OFK kubogida klub qaydnomasiga[4] kiritilgan.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir