Nelson konidagi halokat qurbonlari yodgorligi

Nelson konidagi halokat qurbonlari yodgorligi — Chexiya Respublikasi, Ustetskiy oʻlkasi, Teplice tumanidagi Osek shahri yaqinida oʻrnatilgan yodgorlik. 1958-yildanChexoslovakiyaning madaniy yodgorligi hisoblanadi. 1978-yilda u Chexiya Respublikasining milliy madaniy yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi tahrir

1934-yil 3-yanvarda Nelson konida sodir boʻlgan halokat qurbonlari xotirasiga bagʻishlab qurilgan. Oʻsha kuni konda toʻplanib qolgan metan portlashidan soʻng roʻy bergan yongʻin natijasida 144 kishi halok boʻlgan. Konning oʻzida 140 konchi, yer usti binolarining qulashi natijasida 2 kishi va qutqaruv va tozalash ishlarida yana 2 kishi vafot etgan. Voqea oqibatlarini bartaraf etish uchun 5 yil kerak boʻlgan.

Yodgorlik 1935-yilda haykaltarosh Karel Pokorniy tomonidan yasalgan boʻlib, Iosif Grus loyihasi asosida ishlangan.

Tavsifi tahrir

Yodgorlik halokatda hayotdan koʻz yumgan farzandi uchun aza tutayorgan keksa yoshdagi ikki keksa haykalidan iborat.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir