Nik Venema (1999-yil 9-aprelda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Eerste Divisie klubi „VVV-Venlo“ safida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Nick Venema
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 9-aprel 1999-yil (1999-04-09) (25 yosh)[1]
Tavallud joyi Austerlitz, Netherlands[2]
Boʻyi 1.81 m[2]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
VVV-Venlo
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004-2011 SV Austerlitz
2011-2012 VV Woudenberg
2012-2014 Roda '46
2014-2016 Utrecht
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016-2022 Jong Utrecht 78 (44)
2017-2022 Utrecht 24 (6)
2019-2020Almere City (loan) 24 (6)
2020-2021NAC Breda (loan) 31 (5)
2022VVV-Venlo (loan) 16 (7)
2022- VVV-Venlo 0 (0)
Milliy terma jamoa
2016-2017 Niderlandiya U17 2 (0)
2017 Niderlandiya U19 6 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(5-iyul uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2018-yil 17-fevral uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Erta faoliyat tahrir

Venema yoshligida bir nechta klublarda oʻynagan, ona shahri SV Austerlitz, VW Woudenberg va RODA '46 klublari shular jumlasiga kiradi.

Utrext tahrir

Venema FK Utrext jamoasi yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016-yilning 5-avgustida, NAC Breda klubiga qarshi oʻyinda Yong FK Utrext tarkibida, Eerste Divizionida professional debyutini amalga oshirdi[3].

U Erediviziyadagi debyutini 2017-yilning 12-fevralida, FC Utrext safida PSV Eyndxoven jamoasiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi va Richairo Zivkovichning o‘rniga maydonga tushirildi[4]. 2017-yilning 29-oktabr kuni, NAC Bredaga qarshi oʻyinda (2:2) asosiy jamoadagi birinchi golini kiritdi. Gol oʻyinning 78-daqiqasida kiritildi. Uning goli hisobni tenglashtirdi va oʻyindagi soʻnggi gol boʻlib qoldi[5].

Almere City tahrir

2019-yilning 28-avgustida u „Almere City“ klubi safiga ijara asosida borib qo‘shildi[6].

NAC Breda tahrir

2020-yil 27-avgustda, u NAC Breda jamoasiga ijaraga berildi[7]. Mavsum davomida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi[8].

Utrextga qaytish tahrir

Venema 2021-22-yilgi mavsum oldidan Utrextga qaytib keldi va u yerda yana „Jong FC Utrext“ ning zaxira oʻyinchisiga aylandi. Bosh murabbiy Darije Kalezich qoʻl ostida tajribali hujumchi sifatida oʻyin koʻrsata boshladi[9].

VVV-Venlo tahrir

2021-yil 24-dekabrda, Venema mavsumning qolgan qismi uchun „VVV-Venlo“ klubiga ijaraga berildi[10]. 2022-yil 22-iyun kuni shartnoma toʻliq muddatga (3 yil) imzolandi[11].

Xalqaro faoliyati tahrir

Venema Gollandiya U17 terma jamoasi safida, 2016-yilning 7-fevralida Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. U oʻsha oʻyinda 70 daqiqa maydonda harakat qildi va oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi. 2017-yilning 30-avgustida, Belgiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (2:1) U19 terma jamoasi safida debyut qildi. U oʻsha oʻyinda atigi 18 daqiqa oʻynadi. Uning birinchi va ikkinchi xalqaro gollari Finlandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida kiritilgan. O‘yin 9:0 hisobida Gollandiya foydasiga hal bo‘ldi, Venema mos ravishda 80 va 90-daqiqalarda 8 va 9-gollarni kiritdi. U oʻsha oʻyinda ham bor-yoʻgʻi 18 daqiqa oʻynadi.

Manbalar tahrir

  1. „Nick Venema - FC Utrecht“. 2018-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-fevral.
  2. 2,0 2,1 Nick Venema Soccerway saytida
  3. „Game Report by Soccerway“. Soccerway (2016-yil 5-avgust).
  4. „Game Report by Soccerway“. Soccerway (2017-yil 12-fevral).
  5. „Utrecht vs. NAC Breda - 29 October 2017 - Soccerway“.
  6. Almere City (2019-yil 28-avgust). „Almere City FC stunt met overeenkomst Nick Venema“ (Dutch). Press-reliz.
  7. NAC Breda (2020-yil 27-avgust). „Almere City FC stunt met overeenkomst Nick Venema“ (Dutch). Press-reliz.
  8. „NEC verslaat NAC in finale play-offs (1-2) en promoveert naar Eredivisie“ (nl). NRC (2021-yil 23-may).
  9. Dam, Jan van. „Nieuwe rol voor 'ervaren' Venema bij Jong FC Utrecht: Hij kan een stuk leiderschap tonen“ (nl). Algemeen Dagblad (2021-yil 6-avgust).
  10. VVV-Venlo (2021-yil 24-dekabr). „VVV HAALT VENEMA OP HUURBASIS BINNEN“ (nl). Press-reliz.
  11. Kleinen, Jelle. „Nick Venema drie seizoenen naar VVV-Venlo“ (nl). 1limburg (2022-yil 22-iyun). Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.

Havolalar tahrir