Nikolay Konstantinovich Gasunayev (1933-yil 12-oktabrda Xivada tugʻilgan) — sovet, oʻzbek va rus fantastik yozuvchisi, shoir, tarjimon, jurnalist va adabiyotshunos.

Nikolay Konstantinovich Gasunayev
Tavalludi 12-oktyabr 1933-yil
Kasbi fantastik yozuvchisi, shoir, tarjimon, jurnalist, adabiyotshunos
Faoliyat yillari 1959-hozirgacha
Mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy Yorligi

Tarjimai hol tahrir

Nikolay Gasunayev 1933-yilda Xivada oʻqituvchi oilasida dunyoga keladi, keyinchalik uning oilasi Urganchga koʻchib oʻtgan. Nikolay Gasunayev maktabni tugatgach, Toshkent chet tillar pedagogika institutida tahsil oldi. Universitetni bitirgach, Xorazm viloyati qishloq maktablarida oʻqituvchi, pedagogika institutida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Shundan keyin Nikolay Gasunayev viloyat gazetasida, viloyat televideniyesida jurnalist, soʻngra Toshkentdagi Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosh muharriri oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Bir muddat Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi a’zosi ham boʻlgan. XX asrning 80-yillarida Nikolay Gasunayev yosh yozuvchi-fantastchilarning Butunittifoq uyushmasining Toshkentdagi “Durmen-88” va Dnepropetrovskdagi “Borisfen-88” seminarlari tashkilotchilaridan biri edi. 1990-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi. 1995-yilda nafaqaga chiqqach, Nikolay Gasunayev Moskva viloyatiga koʻchib oʻtdi[1].

Ijodiy faoliyayati tahrir

Nikolay Gasunayev ijodiy faoliyatini 1959-yilda Xiva haqidagi she’rlarini nashr etishdan boshlagan. Adib asar yozishni XX asrning 60-yillarida “Ayboʻgʻir” qissasi bilan boshlagan. Uning ijodini ayni gullagan mahali "Oʻqilmagan maktub" detektiv hikoyasi elementlarini oʻz ichiga olgan va "Toʻrt kishilik xonada kulrang mushuk" nomi bilan chiqqan hikoyasi sabab boʻldi. Keyinchalik adib yana bir nechta fantastik hikoyalar yozdi[2].

Uning eng mashhur asari "Yulduzli sayyoh" ilmiy-fantastik romani boʻlib, unda XXII -asrda yashovchi askar harbiy xizmatni oʻtashni istamaganligi sababli vaqt mashinasi yordamida XIX-asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi davriga tushib qoladi. Qahramon turli davrlarda uzoq safar qilgach, u yerda adolatsizlikka qarshi kurashish uchun avvalgi holatga qaytishga qaror qiladi[3].

Bundan tashqari, yozuvchi adabiyotshunos, fantastik asarlar antologiyalarini tuzuvchi, tarjimon sifatida ham tanilgan. U oʻzbek yozuvchi va shoirlarning qator she’r, asarlarini tarjima qilgan. Xususan, fantast yozuvchi Hojiakbar Shayxov asarlarini oʻzbek tilidan rus tiliga tarjima qilgan. Gasunayev shuningdek, uch tilda - oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan "Xiva" hujjatli nashri muallifi hamdir.

Asarlari: tahrir

Roman

  • 1984-yil - Yulduzli sayohatchi
  • 1993-yil - Choʻl yoʻlidagi uchta hovli (parcha)

Ertak

  • 1978-yil - Toʻrt kishilik xonada kulrang mushuk
  • 1980-yil - Fortepiano va orkestr uchun konsert
  • 1981-yil - Olmani tashlamang
  • 1982-yil - Uzoqdagi momaqaldiroq aks-sadosi (film hikoyasi)
  • 1988-yil - Qopqon
  • 1988-yil - Oʻzga sayyoraliklar
  • 1988-yil - "Umid" ekspressi

Doston va she’riy toʻplamlar

  • 1967-yil - Janubiy kuz (doston)
  • 1972-yil - Alvon bulutlar
  • 1972-yil - Haqiqat
  • 1974-yil - Dev-qal’a
  • 1979-yil - Bolalik shahri

Hujjatli filmlar

  • 1981-yil - Xiva
  • 2000-yil - Geograf va sayohatchilar: Qisqacha biografik lugʻat

Esse

  • 1992-yil - Oq elk, chiziqli tuya yoki Sevgi deklaratsiyasi

Manbalar tahrir

  1. Биография — Лаборатория фантастики
  2. Салаев, К. Б. Н. К. Гацунаев-хорезмиец / К. Б. Салаев. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2016. — № 12 (116). — С. 1028—1030.
  3. ОБ АВТОРЕ : Николай Гацунаев