Nikolay Aleksandrovich Rindyuk (belaruscha: Мікалай Александравіч Рындзюк; 1978-yil 2-fevral, Minsk, Belorussiya SSR, SSSR) — Belarus milliy terma jamoasida o'ynagan belaruslik futbolchi.

Faoliyati tahrir

"Smena" (Minsk) futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Birinchi murabbiyi - Vladimir Ivanovich Sinyakevich. Professional futbolchilik faoliyatini 1994-yilda "Smena" klubida boshlagan. Belarus chempionatining ikkinchi ligasida o'ynagan. 1996-yilgi mavsum oldidan BATEga o'tgan va ikki yil ketma-ket eng yaxshi to'purarga aylangan.

1998-yilda Rossiyaning "Lokomotiv" (Moskva) klubiga o'tgan[1].

2000-yil boshida Qurbon Berdiyev bosh murabbiy bo'lgan "Kristall" ga (Smolensk) ijaraga berilgan. Shu bilan birga, Belarus terma jamoasida o'ynashda davom etgan. Tez orada Turkiyaning “Gaziantepspor” klubi vakillari Smolenskka yetib kelishgan. Berdiyev futbolchini ketishdan qaytargan, ammo shunga qaramay turklar bilan shartnoma imzolagan.

Biroq “Gaziantepspor”da o‘tkazgan 2 yil davomida Turkiya chempionatida bor yo‘g‘i 6 ta o‘yin o‘tkazgan. Futbolchining agentsiz, to'g'ridan-to'g'ri klub rahbariyati bilan shartnoma imzolagani shu masalada o'z ta'sirini o'tkazgan. Legionerdan hafsalasi pir bo'lgan ikkinchi tomon futbolchiga pul to'lamaslik mumkin deb hisoblagan va o'ynash imkoniyatini bermagan. Bir necha oy davomida Rindyuk "Gaziantepspor" rahbariyatini sudga bermoqchi bo'lgan, ammo bu ijobiy natija bermagan. Yakunda futbolchi FIFA Nazorat va intizom qo'mitasiga murojaat qilgan, komissiya hujumchiga vaqtinchalik transferni bergan, bu esa uzoq tanaffusdan so'ng yana rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushish imkonini bergan[1].

2002-yilda Rossiyaning "Rubin" klubida yarim yil o'ynagan, bu yerda Rindyukni "Kristall" (Smolensk) dagi o'yinidan tanigan Qurbon Berdiev taklif qilgan[2]. Klubdan ketganidan so'ng bir muddat davolangan - futbolchining tovonida muammolar paydo bo'lib, oyog'ida qadam bosa olmay qolgan[3]. Sog'ayib, Belarus chempionatida - "Dinamo" (Minsk) va BATEda o'ynagan.

2004-yilda Xitoyga jo'nab ketgan. Avvaliga "Shanxay Ruchen" da[4] yarim yil o'ynagan. 2005-yilda Guanchjouga ko'chib o'tgan va Xitoyda o'zining eng yaxshi mavsumini o'tkazgan va klubning mavsumdagi eng yaxshi to'purariga aylangan. 2006-yilda u "Nankin Yoyo" jamoasida o'ynagan va oylik maoshini to'lamagani uchun yil o'rtalarida jamoani tark etishga majbur bo'lgan[5].

2007-yilda Daugavpilsga, Daugava klubiga taklif qilishgan[6]. 2-kursida jamoa sardori bo'lgan va klubga 2008-yilgi Latviya kubogini yutishda yordam bergan[7].

Belarusga qaytib, Minsk klubi MTZ-RIPOning taklifini qabul qilgan. Olti oy o'ynab, jamoani tark etgan. Bunga jamoaning beqaror pozitsiyasi va maoshlarning berilmasligi sabab bo'lgan[8]. 2009-yil avgust oyida sobiq do'sti Aleksey Mixaylovich Vergeyenko bosh murabbiy bo'lgan Soligorskdan "Shaxtyor" ga ko'chib o'tgan.

2010-yilning avgust oyida «Shaxtyor» (Soligorsk) klubi bilan shartnomasi yakunlangach, O'zbekiston chempionatida o'ynashni boshlash taklifini qabul qilgan. "Mash'al"[9] Rindyukning yangi klubiga aylangan. 2010-yilgi mavsumda o'tkazgan olti oy davomida klubning 12-o'rindan 5-o'ringa ko'tarilishiga yordam bergan, 13 o'yin o'tkazgan, 7 ta gol urgan[10]. 2011-yil boshida meniskni shikastlab olgan, maydonga kirishi bilan orqa soni tortib qolgan. Shu boisdan ham 2011-yilning birinchi yarmi chigal bo'lib chiqqan - 13 o'yindan faqat ikkitasida "tayanch" qismda o'ynagan. Ikkita gol urgan - ikkalasi ham kubok o'yinida[11]. Birinchi davra yakunida jamoani tark etgan[12].

2011-yilgi mavsumning ikkinchi yarmini “Dinamo” (Samarqand) tarkibida o'tkazgan. 2012-yildan - Belorussiyaning "Smorgon" klubi tarkibida, 2014-yilda futfutbolchilik faoliyatini yakunlagan.

2015-yildan "Smorgon" bosh murabbiyi bo'lib ishlagan, biroq 2017-yilda pora berish va kelishilgan o'yinlarni tashkil qilish ishi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilganligi sababli lavozimini tark etgan. 2017-yilning yozida Rindyuk 2 yillik axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan[13].

Yutuqlari tahrir

Klub bilan tahrir

  • 1999-yil: Belarus chempioni (1)
  • 2004, 2010-yil: Belarus chempionatining kumush medali sovrindori (2)
  • 2003-yil: Belarus chempionatining bronza medali sovrindori (1)
  • 1998, 1999-yil Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori (2)
  • 2003-yil: Belarus kubogi g'olibi (1)
  • 2008-yil: Latviya kubogi sohibi (1)

Shaxsiy tahrir

  • 1997-yil: "Chempionatning eng yaxshi 22 nafar futbolchisi" ro'yxatiga kiritilgan.

Oilasi tahrir

Oilali, Nikita ismli ogli bor. .

Nikolayning Andrey ismli ukasi bolgan. 2006-yil 14-oktyabrda o'z joniga qasd qilgan[14].

Natijalari tahrir

Xalqaro tahrir

Jami: 13 ta oʻyin/3 ta gol; 3 g'alaba, 1 durang, 9 mag'lubiyat.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Николай Рындюк: из огня да в полымя
  2. Николай Рындюк: своего добился
  3. Николай Рындюк: если бы молодость знала
  4. Николай Рындюк: китайская грамота
  5. Нико и Йо-Йо
  6. Николай Рындюк: начали с нуля
  7. „Кубок Латвии в руках Рындюка“. 2008-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-may.
  8. „Николай Рындюк: первый блин не комом“. 2012-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-may.
  9. „«Машъал» прервал неприятную традицию“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-may.
  10. „«Машъал»: Статистика сезона-2010“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-may.
  11. „Минимальная победа в первой встрече“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-may.
  12. „Бывший игрок Шахтёра и сборной Беларуси Николай Рындюк про неудачный переезд в Узбекистан“. 2013-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-may.
  13. „Экс-футболист «Локомотива» и «Рубина» получил два года исправительных работ за дачу взятки“ (ru). bombardir.ru. 2021-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-iyul.
  14. „Погиб брат известного футболиста Николая Рындюка“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-may.
  15. „Николай Рындюк“. footbel.net. 2018-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-aprel.

Havolalar tahrir