Nizom Komil (Nizom Komilov) — taniqli tarjimon, muharrir. 1937-yil 12-dekabrda Namangan viloyati Chust tumanida tugʻilgan[1].

Nizom Komil
Tavalludi 12-dekabr 1937-yil
Vafoti 24-iyul 2021-yil(2021-07-24)
(83 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Tarjimon Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi universitet)da tahsil olib, u yerni 1960-yilda tugatgan[1][2]. Dastlab „Yosh gvardiya“ (hozirgi „Yangi asr avlodi“) nashriyotida muharrir va boʻlim mudiri vazifalarida, keyinchalik esa Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir hamda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida muharrir sifatida mehnat faoliyatini olib borgan[3]. Nodar Dumbadze, Erix Mariya Remark, Fozil Iskandar, Irvin Shou, Aleksandr Belyayev kabi adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan[4].

Tarjimonlik faoliyati tahrir

Nizom Komil tarjimasida chop etilgan asarlar roʻyxati:

  • „Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq“ [roman] (Erix Mariya Remark), „Yangi asr avlodi“ nashriyoti
  • „Uch ogʻayni“ [roman] (Erix Mariya Remark), „Yangi asr avlodi“ nashriyoti
  • „Hellados“ [hikoya] (Nodar Dumbadze)
  • „Koʻrnamak“ [hikoya] (Nodar Dumbadze)
  • „Oq bayroqlar“ [roman] (Nodar Dumbadze)
  • „Abadiyat qonuni“ [roman] (Nodar Dumbadze)
  • „Kukaracha“ [qissa] (Nodar Dumbadze)
  • „Tungi darbon“ [roman] (Irvin Shou)
  • „Qoʻshyurak“ [hikoya] (Fozil Iskandar)
  • „Akam“ [hikoya] (Sergey Dovlatov)
  • „Atirgulning tikoni“ [hikoya] (Gabriel Garsia Markes)
  • „Bir umrning zavoli“ [hikoya] (Stefan Sveyg)

Unvonlari tahrir

Nizom Komil adabiyot va tarjima sohasiga qoʻshgan hissalari uchun 1997-yilda „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan[5].

Vafoti tahrir

Nizom Komil 2021-yilning 24-iyul kuni 84 yoshida vafot etdi.

Manbalar tahrir