Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi — Oʻzbekistonlik yoshlar bilan bogʻliq muammolarni yechish, iqtidorli yoshlarni ragʻbatlantirish bilan shugʻullanuvchi tashkilot.

Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar ishlari agentligi binosi
Turi Davlat boshqaruv idorasi
Maqomi Amalda
Ishga tushgan sanasi 30-iyun, 2020-yil (3 yil avval) (2020-06-30)
1924-1991 — Butunittifoq Leninchi
Kommunistik Yoshlar Ittifoqi

1991-1996 — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi
1996-2017 — Kamolot[1]
2017-2020 — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi[2]
Joylashuvi Toshkent shahri, Navoiy shoh koʻchasi, 11-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Direktori Alisher Saʼdullayev
Vebsayti yoshlar.gov.uz
Til(lar)i oʻzbek, rus
Map

Tarixi tahrir

1924-yilda Butunittifoq Leninchi Kommunistik Yoshlar Ittifoqi OʻzSSR boshqarmasi sifatida tashkil topgan[3].

1991-yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga aylantirilgan[4].

1996-yil aprel oyida „Kamolot“ jamgʻarmasiga, 2001-yilda esa „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakatiga aylantirilgan. Oʻzaro qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida kichik biznes korxonalari (savdo korxonalaridan tashqari) tomonidan hisoblangan yagona soliq toʻlovi summasining 8 foizini majburiy ravishda olish evaziga faoliyat yuritib kelgan[4].

2017-yilda yana Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga aylantirilgan[5].

2020-yilda agentlik sifatida qayta tashkil etildi[6].

2022-yil 30-dekabrda Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi bilan birlashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etildi[7].

2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi qaytadan Sport vazirligiga aylantirildi. Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazildi[8].

Vazifasi tahrir

Yoshlar ishlari agentligining vazifalari Oʻzbekiston Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq belgilangan[9].

Shuningdek, Оʻzbekiston Prezidentining 2020-yil 30-iyun kungi „Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi PQ-4768-son[10] qarori qabul qilinib, agentlikning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Boshqaruv tarkibi tahrir

  • Alisher Saʼdullayev — Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori. U Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyul kungi PQ-4780-son qarori[11] bilan ushbu lavozimga tayinlangan.[12];
  • Vakant — Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari.
  • Dilnozaxon Sobir qizi Kattaxanova — Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining oʻrinbosari[12].
  • Feruz Karimovich Ablayarov — Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari.
  • Nodir Abduqayumovich Abduqodirov — Yoshlar ishlari agentligi Axborot va media xizmati rahbari.
  • Mehrinoz Nosirjon qizi Abbosova — Ijtimoiy loyihalar boʻlimi boshligʻi[13].
  • Sarvar Oʻktamovich Xamdamov — Kadrlar boshqarmasi boshligʻi[13].
  • Umid Saxibxanovich Sadikov — Axborot-tahlil va ijro nazorati boshqarmasi boshligʻi[13].
  • Ixtiyor Ismat oʻgʻli Ziyodilloyev — Ishlar boshqarmasi boshligʻi[13].
  • Vakant — Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish boʻlimi boshligʻi[13].
  • Umidulla Ulashovich Sattarov — Taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash va volontyorlik faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi[13].
  • Sharofiddin Baxodirovich Xonimov — Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi[13].
  • Akmal Nutfulloyevich Xalikov — Yuridik byuro boshligʻi[13].
  • Sherzod Murodullayevich Olimov — Besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi[13].

Manbalar tahrir

  1. „Ustav“. yoshlarittifoqi.uz. Qaraldi: 3-may 2024-yil.
  2. „Yoshlar ittifoqi tugatiladi. O‘rniga agentlik tashkil etiladi“. Xabar.uz (2019-yil 27-dekabr). 2024-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-may 2024-yil.
  3. O‘zbekistonda ma’muriy buyruqbozlik boshqaruvi tizimining shakllanishi
  4. 4,0 4,1 Mirziyoyev Komsomolni tiklamoqdami?
  5. Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
  6. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
  7. Sportni rivojlantirish vazirligi negizida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etilmoqda
  8. Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
  9. Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PF-6017-son farmon
  10. „Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi PQ-4768-son qarori
  11. A.Z.Saʼdullayevni Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida, 2020-07-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-07-17
  12. 12,0 12,1 Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining oʻrinbosarlarini lavozimlarga tayinlash toʻgʻrisida, 2020-07-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-07-17
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 13,5 13,6 13,7 13,8 „Markaziy apparat“. 2023-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-iyun.

Havolalar tahrir