Inson ongiga bogʻliq boʻlmagan, undan tashqaridagi moddiy olam. Borliqning moddiy shakli boʻlgan materiya oʻzining barcha koʻrinishlari va xossalari bilan ob’ektiv borliqni tashkil etadi . Ob’ektib borliqga nafaqat tabiatdagi narsa, hodisa va jarayonlar, balki tabiat rivojining oliy mahsuli boʻlgan inson va jamiyat ham kiradi . Insonlar nazariy va amaliy faoliyati jarayonida moddiy va ob’ektivlashgan maʼnaviy boyliklar yaratadi., oʻzaro aloqa munosabatda boʻladilar. Bularning barchasi ijtimoiylashgan Obeʼktiv borliqning turli shakllari sifatida namoyon boʻladi

Adabiyotlar tahrir

Falsafa qomusiy lugʻat . Ozbekiston faylasuflari Milliy jamiyati nashriyoti Toshkent −2004 B-310