Ole Gunnar Solskjaer (talaffuzi: Ole Gunnar Sulsher; 1973-yil 26-fevral26-fevralda Norvegiyaning Kristiansund shahrida tugʻilgan) – Mashhur norvegiyalik sobiq futbolchi va hujumchi. Oʻz karyerasini yakunlagandan keyin “Manchester Yunayted” oʻrinbosarlar tarkibini shugʻullantirdi. 2011-yilning yanvar oyidan boshlab Norvegiyaning Molde klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlamoqda.

Ole Gunnar Solskjaer
Fayl:Solskjaer.jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ole Gunnar Solskjaer
Tavallud sanasi 26-fevral, 1973-yil (39-yoshda)
Tavallud joyi KristiansundNorvegiya
Boʻyi 178 sm
Ampluasi hujumchi
Laqabi

Super zahirachi,

Bola koʻrinishidagi jallod
Klub maʼlumoti
Joriy klub
 Norway Molde
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
 Norway Clausenengen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990–1994  Norway Clausenengen (109 (115))
Milliy terma jamoa
1995—2007;  Norway Norvegiya (67 (31))
Boshqargan klublari
2008—2011  England Manchester Yunayted (oʻrinbosar)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Alex Ferguson Solskjaerni shunchaki oʻyinni boshida asosiy tarkibda tushirmas edi, ikkinchi taym vaqtida oʻyinchilarni almashtirishdan keyin Solskjaer oʻz mahoratini koʻrsatib, muhim boʻlgan gollarni tez-tez kiritardi. Bu afsonaviy norvegiyalik oʻziga “Super zahirachi” degan laqabni ishlab olgan, uni “Bola koʻrinishidagi jallod” deb ham atashgan.