Olov Minoralari (ozarbayjoncha: Alov qüllələri; inglizcha: Flame Towers) — Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida joylashgan uch minora jamlanmasi. Ushbu binolar tuzilishi bilan olov alanglarini oʻxshatadi. Ushbu minoralar balandligi koʻrsatkichlari boʻyicha Ozarbayjonning eng baland binolari hisoblanadi.

Olov Minoralari

Ushbu binolar qurilishi 2007-yilda boshlanib, 2013-yilda qurilish bitirilib yakuniga yetkazilgan. Binolar kompleksi meʼmori «HOK International», egasi «Azinko Development MMC» va quruvchi «DIA Holding Azerbaijan» hisoblanadi. Ushbu binolarda mehmonxonalar va otellar, shaxsiy kvartiralar, ofislar, biznes-markazlar, restoranlar va savdo markazlari joylashgan. Binolar kompleksining umumiy maydoni 227 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Binolar qurilishi tugatilishi avvalroq 2010-yilning dekabr oyida moʻljallangan edi, biroq noqulay ob-havo va boshqa sabablar tufayli bino qurilishi tugatilishi kechikgan edi va 2012-yilda qurib bitkazilib, 2013-yilda ochilgan edi[1].

Uch bino balandligi bir-biridan farqlanadi: 1-bino balandligi 182 metr, 2-bino balandligi 165 metr, 3-bino balandligi esa 161 metrni tashkil etadi. Binolardagi qavatlar ham shu koʻrinishda. Yaʼni: 39, 37 va 34 qavatdan iborat. Kechki paytdan boshlab va tunda binolar turli rangdagi animatsiya va chiroqlarga burkanadi[2].

Manbalar tahrir

  1. Баку нашего будущего — часть II — 1news.az
  2. Night Cup, 2013-11-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-11-25

Havolalar tahrir