Parta — Maktab mebeli buyumi, yozuv stoli, oʻrta (baʼzan maktabgacha) taʼlim tizimi oʻquvchilari uchun moʻljallangan. Odatda, parta ikki kishi uchun moʻljallangan.

Tarixi tahrir

Erisman maktab partasi 1870 yilda kashf qilingan va 5 yil oldin Germaniyada nashr qilingan Farner chizmalariga asoslangan[1]. Jihozning birinchi analogi Uygʻonish davrida paydo boʻlgan, keyinchalik u maktab partasiga aylantirilgan[2].

 
Xabarov mahalliy tarix muzeyidagi 40-50 yil maktab partasi

Rus-shveytsariyalik gigienist Fyodr Fyodrovich Erisman 28 yoshda koʻz va taʼna kasalliklarining paydo boʻlishini oʻquvchining stol oldidagi notoʻgʻri pozitsiyasiga bogʻliqligini oʻrganib „ Miyopiyaning kelib chiqishiga maktablarning taʼsiri“ ilmiy ishini nashr etdi. Va shundan soʻng u yangi jihozni taklif etdi. Erisman maktab partasining toʻgʻri qurilmasi oʻquvchi yozishi, oʻqishi, chizishi uchun yaxshi sharoitlar yaratadi: u shunday qilingan ediki, kitob yoki daftardagi matnni faqat toʻgʻri burchak ostida oʻqib boʻlardi. Erisman uzoq vaqt koʻz kasalliklarini davolash bilan shugʻullangani tufayli u oʻqish uchun eng optimal masovani ham hisobga olgan — 30-40 santimetr. Partaga oʻtirib, egilib boʻlmasdi. Erisman partasi birkishilik edi. Lekin keyinchalik „Zemlya i volya“ inqilobiy harakatida ishtirok etganligi uchun ural qishlogʻiga surgun qilingan peterburg studenti Pyotr Feoktistovich Korotkov Erisman partasini mukammallashtirdi. U partani ikkikishilik qildi, bolalarga turish oson boʻlishi uchun ochiladigan qopqoqni oʻylab topdi[3]. Buning uchun Korotkov 1887 yilda Ural-Sibir sanoat koʻrgazmasida kumush medal va ixtiro diplomini oldi.

Konstruktsiya tahrir

Skameyka oʻrindigʻining balandligi pastgi oyoq uzunligiga toʻgʻri kelishi kerak. Toʻgʻri oʻtirganda tizza boʻgʻimidagi oyoq toʻgʻri burchakda bukilgan boʻladi. Oʻrindiqning chuqurligi oyoqning son qismining 2/3 — 3/4 qismi oʻrindiqda boʻlishini taʼminlashi kerak. Partaning orqa tomoni bir yoki ikki bardan iborat boʻladi.

Qiziq faktlar tahrir

Varshavada (Polsha) shahar markazida maktab stoliga yodgorlik oʻrnatilgan.

 
Varshavadagi partaga oʻrnatilgan yodgorlik

.

Manbalar tahrir

  1. Сидоров, Сергей „Школьная парта“ (ruscha). Сайт педагога-исследователя. Сидоров С.В. (2016-yil 24-fevral). Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
  2. Мельниченко, Наталья „История школьной парты“ (ruscha). LAVANDA.LIFE. Натальи Мельниченко (14-yanvar 2017 yil). 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
  3. „Ода школьной советской парте“ (ruscha). cbsykt.ru (cbsykt.ru). Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.